Статьи

  1. Bosh sahifa
  2. Статьи
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?

Отправьте сейчас, и вы увидите свою статью на этой странице

Отправить сейчас
  • TEXNIKA FANLARI ID: 26279 121

    GIDROARALASHMALARNI HAYDAB BERADIGAN GIDROOQIMCHALI NASOSNING ASOSIY PARAMETRLARINI ANIQLASH

    Mualliflar:

    Urishev Boboraim

    Urishova Dilafro'z Boboraimovna

    Juraev Sanjar Rashidovich

  • GIDROARALASHMALARNI HAYDAB BERADIGAN GIDROOQIMCHALI NASOSNING ASOSIY PARAMETRLARINI ANIQLASH

    Maqolada nasos stansiyalar suv qabul qilish inshooti (avankamera va suv qabul qilish kameralari) tubini loyqa bosishi bilan bog‘liq muammolar yechimlarini topish bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Nasos stansiyasi avankamerasini stansiyasining ishlash davrida ham nasos agregatlarini to‘xtatmasdan loyqa cho‘kmalaridan tozalash bo‘yicha gidrooqimchali nasosdan foydalanishga asoslangan yangi qurilma taklif etilgan. Gidrooqimchali nasosning toza suv va loyqa – suv, ya’ni gidroaralashmalarni haydab berish bo‘yicha napor – suv sarfi xarakteristikasini ifodalovchi yangi analitik tenglamalari olingan. Olingan analitik ifoda yordamida gidrooqimchali nasosning napor – suv sarfi xarakteristikasini hisoblash natijalari boshqa tadqiqotchilar tomonidan olingan natijalarga mos kelishi grafiklarni taqqoslash natijasida aniqlangan. Nasos stansiyasi avankamerasidan loyqa – suv aralashmalarini gidrooqimchali nasos yordamida chiqarib tashlash jarayonining napor – suv sarfi xarakteristikalari qiymatlari aniqlangan.

    #gidrooqimchali nasos #avankamera #gidroaralashma #nasos napori #nasos suv sarfi #konfuzor #diffuzor #aralashtirish kamerasi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26280 96

    RELIABILITY OF HYDRAULIC STRUCTURES ON LOESS SUBSIDENCE SOILS

    Mualliflar:

    Xujakulov Rustam Turayevich

  • RELIABILITY OF HYDRAULIC STRUCTURES ON LOESS SUBSIDENCE SOILS

    The practice of irrigation development of loess lands shows that the violations that have occurred so far in the operation of hydraulic structures are explained by insufficient knowledge and lack of consideration in the design of the features of joint work and interaction of structures with their subsidence bases. The design of hydraulic structures also does not fully take into account these features.To ensure the long-term, reliable, and economical operation of hydraulic structures on subsident soils, it is necessary to improve the methods of their design and construction, taking into account the peculiarities of interaction with loess bases. This article is devoted to this issue

    #subsidence of soil #infiltration #degree of humidity #calculation of deformations #hydraulic structures #loess grounds #the process of moistening

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26307 139

    KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT G‘ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASh

    Mualliflar:

    Mamatov Farmon Murtozovich

    Chuyanov Do'stmurod Shodmonovich

    Bo'riyev Muhriddin Dehqon o'g'li

    Ravshanova Nargiza Baxtiyorovna

    G'ulomov Laziz Xudoyberdiyevich

  • KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT G‘ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASh

    Patent va ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlilidan kelib chiqqan holda taklif qilingan texnologiyani amalga oshirish uchun kombinatsiyalashgan agregatda ramaga sharnirli biriktirilgan plankali g‘altakmola qo‘llash lozim deb topildi. G‘altakmolani qo‘llash ekish hududi dala yuzasini tekislaydi, yuzadagi kesaklarni maydalaydi va tuproqni zichlaydi. Maqolada tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregat g‘altakmolasining parametrlari nazariy asoslangan.

    #korpus #tuproq #prujina #Poliz ekinlari #kombinatsiyalashgan agregat #g‘altakmola #ish sifati #sug‘orish arig‘i #dalaning notekisligi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26308 109

    BINOGA INTEGRATSIYALASHGAN FOTOELEKTRIK MODULLARNING ISSIQLIK TIZIMLARNI TAHLIL QILISH USULLARI VA TAJRIBA NATIJALARI

    Mualliflar:

    Nasrullayev Yusuf Zokirovich

  • BINOGA INTEGRATSIYALASHGAN FOTOELEKTRIK MODULLARNING ISSIQLIK TIZIMLARNI TAHLIL QILISH USULLARI VA TAJRIBA NATIJALARI

    Binoga integratsiyalashgan fotoelektrik panellar tizimlari qo‘llanilishi, adabiyotlarda ushbu sohadagi tadqiqotlarning hozirgi holatini hisobga olgan holda talqin qilingan. Ushbu maqolada barcha tadqiqot ishlari ikki xil bosqichga bo‘lingan. Birinchi bosqichda binolarda qo‘llaniladigan standart holatdagi fotoelektrik modullar tizimini ishlab chiqish. Ikkinchi bosqichda standart holatdagi fotoelektrik panellarning issiqlik va elektrik parameterlarini xususiyatlarini o‘lchash uchun qo‘llaniladigan eksperimental qurulmalarning xarakteristikalarining xususiyatlari o‘rganilgan. Binoning ichki qismidagi asosiy issiqlik harakati yoki issiqlik yo‘qotilishlari energiya samaradorligiga asoslanadi.

    #atrof muhit #harorat #quyosh radiatsiyasi #quyosh paneli #havo #issiqlik miqdori #Simulyator

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26309 99

    IKKILAMCHI ORGANIK MATERIALLAR ASOSIDA PLASTIFITSIRLANGAN POLIMER MAHSULOTLARI TAHLILI

    Mualliflar:

    Farmanov Behzod Ilhomovich

  • IKKILAMCHI ORGANIK MATERIALLAR ASOSIDA PLASTIFITSIRLANGAN POLIMER MAHSULOTLARI TAHLILI

    Ushbu maqolada atrof-muhitni ifloslantirib kelayotgan polimer chiqindilarini takroriy qayta ishlab, plastifitsirlangan ikkilamchi polimer kompozitsion materiallar ishlab chiqarish imkonini beruvchi qulay, iqtisodiy jihatdan samarali texnologiyaning ilmiy asosi yaratilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati polimerlarni qayta ishlash sanoatida ikkilamchi polimer chiqindilaridan plastifitsirlangan polimer kompozitsion materiallar (PKM) olish, ularning ekspluatatsion xossalarini yanada yaxshilash, xizmat muddatini oshirish, himoya va dekorativ xossalari takomillashgan materiallar olish tahlil qilingan

    #plastifikator #polietilen #polivinilxlorid (PVX) #polipropilen #dioktilftalat #stabilizatorlar

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26310 144

    СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЖИВУЧЕСТИ СИНХРОННЫХ МАШИН В АСИНХРОННОМ РЕЖИМЕ БЕЗ ВОЗБУЖДЕНИЯ

    Mualliflar:

    Qurbonov Najmiddin Abdixamidovich

    Bekishev Allabergen Ergashevich

    Pirmatov Nurali Berdiyorovich

    Babayev Otabek Elmurodovich

  • СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЖИВУЧЕСТИ СИНХРОННЫХ МАШИН В АСИНХРОННОМ РЕЖИМЕ БЕЗ ВОЗБУЖДЕНИЯ

    В данной статье экспериментально определены переходные процессы работы в асинхронном режиме без возбуждения традиционных и синхронных генераторов с двухосным возбуждением. Осциллограммы изменения напряжения и тока во время переходного процесса в невозбуждаемом асинхронном режиме получали с помощью осциллографа Tektronix серии MSO 64.

    #магнитное поле #дифференциальные уравнения #индуктивность #синхронная машина #продольнопоперечная ось #потокосцепления

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26311 95

    YENGIL BENZIN FRAKSIYALARINI IZOMERIZATSIYALASH JARAYONLARI UCHUN KATALIZATORLAR OLISH

    Mualliflar:

    Qarshiyev Murodulla Torayevich

  • YENGIL BENZIN FRAKSIYALARINI IZOMERIZATSIYALASH JARAYONLARI UCHUN KATALIZATORLAR OLISH

    Bugungi kunda Yevro-5 va Yevro-6 talablariga javob beradigan benzin ishlab chiqarish dolzarb hisoblanadi. Ushbu ishda katalizatorlarning izomerlash qobiliyatini oshirish maqsadida katalizator tashuvchi alyuminiy oksidi vodorod xlorid bilan ishlov berildi. Bundan asosiy maqsad, alyuminiy oksidini kislotalilik darajasini oshirish bo‘lib, katalizatorlarning kislotalilik darajasi, uning izomerlash qobiliyatiga bevosita bog‘liqdir, ya’ni katalizatorning kislotalilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, uning izomerlash qobiliyati ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ushbu olingan natijalar katalizatorlarning bir-biriga yaqin xossalarni namoyon etganini ko‘rsatmoqda. Buni ushbu katalizatorlarning asosi alyuminiy oksididan iboratligi, shimdirilgan metallarning konsentratsiyasi deyarli bir-biriga yaqinligi bilan izohlash mumkin. Shu o‘rinda quyidagini ta’kidlash joiz, sorbsion ko‘rsatkichlar bo‘yicha ushbu katalizatorlarning ko‘rsatkichlari sanoatda qo‘llanilayotgan izomerizatsiya katalizatorlari ko‘rsatkichlariga yaqin ekanligi namoyon bo‘ldi. Olingan katalizatorlarning ishqalanishga qarshi mustahkamligi GOST 16188-2015 bo‘yicha aniqlandi. Ushbu standart katalizatorlar va sorbentlarni mexanik ishqalanishga mustahkamligini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu usul katalizator namunasini ma’lum bir barqaror tezlikda aylanuvchi metall sterjenni temir barabanda aylanishiga asoslangan. Bunda katalizatorning mustahkamligi ma’lum bir vaqt mobaynida aylanishlardan keyin o‘zgarishsiz qolganligi keltirilib o‘tilgan.

    #nitrat kislota #katalizator #distillangan suv #oktan soni #sorbsion #yevro-5 #yevro-6 #alyuminiy oksidini #aromatik uglevodorodlar #benzin #reaksion zona #palladiy nitrat #vodorod peroksidi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26312 94

    DON MAHSULOTLARINI SAQLASH SHAROITI DAVRIDA “KARTOSHKA TAYYOQCHA KASALLIGI” BILAN ZARARLANISHINING KRITIK NUQTAGA BOG‘LILIGINING ILMIY AHAMIYATI

    Mualliflar:

    Xoliqov Zuxriddin Baxtiyorovich

    Axmedov Azimjon Normo'minovich

  • DON MAHSULOTLARINI SAQLASH SHAROITI DAVRIDA “KARTOSHKA TAYYOQCHA KASALLIGI” BILAN ZARARLANISHINING KRITIK NUQTAGA BOG‘LILIGINING ILMIY AHAMIYATI

    Ushbu ish yangi instrumental usul va yangi ko‘rsatkichdan foydalangan holda dondan non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishning butun texnologik zanjiri bo‘ylab “Kartoshka tayyoqcha kasalligi” qo‘zg‘atuvchilari tomonidan don va don mahsulotlarining zararlanganligini baholashdagi sifatlarini balki miqdoriy obyektiv va ishonchli baholashni ta’minlaydi. Ushbu maqolada spora hosil qiluvchi “Bacillus subtilis” bakteriyalarining fermentativ faolligi o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlarini aniqlashda ‘‘kartoshka kasalligi” namoyon bo‘lishida uning 1 g da mikrobiotaning 107 dan 109 KOE/g gacha bo‘lgan tajriba-ishlab chiqarish tadqiqotlari natijalar keltirilgan.

    #bug‘doy #mikroorganizmlar #O‘simlik mikrobiotasi #ildizlar #o‘lik hujayralar #kartoshka kasalligi #zararlangan #tayoqchalari #makkajo‘xori #patogen kasalliklar #KOE/g (don tarkibidagi spora hosil qiluvchi bakteriyalar soni

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26314 101

    TOK BARGIDAN KONSERVALANGAN IKKINCHI TAOMLAR ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIYALARINI TADQIQ QILISH USULLARI

    Mualliflar:

    Atakulova Dilfuza Tursunovna

  • TOK BARGIDAN KONSERVALANGAN IKKINCHI TAOMLAR ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIYALARINI TADQIQ QILISH USULLARI

    Ushbu maqolada tok barglarini to‘liq tahlil qilish natijasida noyob tarkibini ko‘rsatishi, hamda tok barglarida teskari fazali yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) tomonidan vino, limon, qahrabo va oksalat kislotalari mavjudligi aniqlangan. Tok barglaridagi organik moddalarning tarkibi va miqdori vino kislotasi, limon kislotasi, qahrabo kislotasi va oksalat kislotasi misolida tadqiq qilingan bo’lib, ularning miqdori Rossiyaning tanlangan navlarida 0,93- 2,35 m ekviv g/100 g gacha, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich. 0,5-5,56 m-ekv g/100g ni tashkil etgan.

    #qahrabo kislotasi #vino kislotasi #limon kislotasi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26315 109

    FARINOGRAFIK TADQIQOT USULLARI BILAN BUGʻDOY VA SULI UN ARALASHMALI XAMIRNING MEXANIK XUSUSIYATLARI VA XAMIR TUZILIShINI OʻRGANISh

    Mualliflar:

    Kholmurodova Zubayda Diyorovna

    Raxmatov Eldor Rayhonovich

  • FARINOGRAFIK TADQIQOT USULLARI BILAN BUGʻDOY VA SULI UN ARALASHMALI XAMIRNING MEXANIK XUSUSIYATLARI VA XAMIR TUZILIShINI OʻRGANISh

    Ushbu maqolada bug‘doy unii tarkibini yarim fabrikatlar asosida to‘ldirish orqali mahsulotning oziq-ovqat tarkibidagi energetik qiymati oshishi keltirilgan. Bug‘doy va suli unlarini bir-beriga aralashtirish orqali uning tushish sonini, suli uni xamirning suyuqlanish darajasini, xamirning hosil bo‘lish vaqtini va uning barqarorligini suvni singdirish qobiliyatini oshiradi

    #texnologiya #suli uni #xamir #“tushish son” #farinograf #reologiya #suv singdirish qobiliyati #xamir hosil bo‘lish vaqti #xamirning barqarorligi #profilaktik #induvudal #terapevtik #funksional #oqsil turlari

Тестовой журнал - это издание освещающее происходящие изменения и обновления в области тестовых веб-сайтов

Связаться с нами

  • Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район Массив Бозсув 2, Дом 17а
  • +998-(93)-388-44-00
  • info@uzsci.uz

© 2024 UzSCI. Barcha huquqlar himoyalangan