Статьи

  1. Bosh sahifa
  2. Статьи
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?

Отправьте сейчас, и вы увидите свою статью на этой странице

Отправить сейчас
  • TEXNIKA FANLARI ID: 26055 141

    SHO‘RLANGAN BOG‘LANGAN GRUNT NAMLIGINING YUVILISHGA QARSHILIK QILISH TA’SIRINI BAHOLASH

    Mualliflar:

    Eshev Sobir Samadovich

    Mamatov Nurbek Ziyadullayevich

    Bobomurodov Furqat Farxod o'g'li

    Usmonov Rivoj Nosir o'g'li

    Maxmudov Umidillo Xayrillo o'g'li

  • SHO‘RLANGAN BOG‘LANGAN GRUNT NAMLIGINING YUVILISHGA QARSHILIK QILISH TA’SIRINI BAHOLASH

    Maqolada eksperimental tadqiqot natijalariga asosan boshlang‘ich holatdagi sho‘rlangan grunt namligining yuvilishga chidamliligini sho‘rlanish darajasini inobatga olgan holda baholash usuli keltirilgan. Turli darajada sho‘rlangan gruntning oldindan namlantirilishini uning intensiv yuvilishiga ta’siri jarayoni qarab chiqilgan. Shuningdek, oqim o‘rtacha tezligining yuvilish intensivligiga bog‘liqligi o‘rnatilgan.

    #sho‘rlangan grunt #sho‘rlanish darajasi #gruntni namlash #o‘rtacha tezlik #yuvish tezligi #yuvish intensivligi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26056 116

    QOBIQ QUVURLI ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARIDAGI ISSIQLIK ALMASHINISH SAMARADORLIGINI GIDRODINAMIK PARAMETLARIGA TA’SIRINI O‘RGANISH

    Mualliflar:

    Raximov G'anisher Baxtiyorovich

  • QOBIQ QUVURLI ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARIDAGI ISSIQLIK ALMASHINISH SAMARADORLIGINI GIDRODINAMIK PARAMETLARIGA TA’SIRINI O‘RGANISH

    Bugungi kunda dunyoda neft va tabiiy gaz energetik jihatdan foydali qazilma boyligi bo‘lib, energiya va yonilg‘i ishlab chiqarishning asosiy manbai hisoblanadi. Ularni qayta ishlash asosida olinadigan mahsulotlar barcha sanoat tarmoqlari, transport va kundalik turmushda keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada regeneratsiya gazlarini absorbsiya usulida tozlash texnologiyasida qo‘llaniluvchi qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini konstruksiyasini takomillashtirish va optimal gidrodinamik rejim parametrlarini hosil qilish orqali issiqlik almashinish samaradorligini oshirish natijalari tajriba va emperik hisoblashlar natijalari orqali ilmiy asoslangan. Bunda qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini taqsimlanish kamerasida oqimni markazdan qochma kuch ta’sirida yo‘naltirish orqali taqsimlanish kamerasini xomashyo bilan taqsimlanish darajasini ortirish hisibiga issiqlik almashinish samaradorligini oshirishga erishilgan.

    #qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasi #isituvchi agent #gidrodinamik rejimlar #Reynolds kriteriyasi #oqim tezligi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26057 132

    KOGENERATSION BIOENERGETIK QURILMA ASOSIDA AVTONOM ENERGIYA TA’MINOTI TIZIMINI TADQIQOT QILISH

    Mualliflar:

    Davlonov Xayrulla Allamurodovich

    Rustamov Suxrob Shuhrat o'g'li

  • KOGENERATSION BIOENERGETIK QURILMA ASOSIDA AVTONOM ENERGIYA TA’MINOTI TIZIMINI TADQIQOT QILISH

    Ushbu tadqiqot ishida biomassa chiqindilarini termik qayta ishlash orqali muqobil yoqilg‘ilar olish, avtonom iste’molchilarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash qurilmasining dastlabgi tajriba va tahlillari keltirilgan. Tadqiqot davomida piroliz qurilmasida turli xil biomassa chiqindilarini 400-500 0C haroratda termik qayta ishlab, olingan muqobil yoqilg‘ilarning tarkibiy tuzilishi o‘rganib chiqilgan. Muqobil yoqilg‘i olish jarayonining issiqlik texnik xususiyatlari va ularga ta’sir etuvchi omillar ilmiy-nazariy tahlilar asosida aniqlangan. Shuningdek tajriba qurilmasining issiqlik, energetik sxemalari ishlab chiqilgan va parametrlari asoslangan.

    #biomassa #generator #energiya #issiqlik energiyasi #elektr energiyasi #reaktor #muqobil yoqilg‘i #kogeneratsiya #avtonom iste’molchi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26058 170

    ELEKTR YORITISH TARMOQLARIDA ENERGIYA TEJAMKOR YORITISH QURILMALARINI QO‘LLANILISHINING XUSUSIYATLARI

    Mualliflar:

    Umirov Asror Pardayevich

    Sadullayev Aloviddin Bobaqulovich

    Bobaqulov Zavqiddin Aloviddin o'g'li

  • ELEKTR YORITISH TARMOQLARIDA ENERGIYA TEJAMKOR YORITISH QURILMALARINI QO‘LLANILISHINING XUSUSIYATLARI

    Maqolada energetika tizimining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolardan biri sifatida elektr yoritish tarmoqlarida energiya tejamkor yoritish qurilmalarini samarali qo‘llanilishi va tungi navbatchilik elektr yoritish tarmog‘i misolida fotoreleli avtomatik boshqarish qurilmasini qo‘llagan holda elektr yoritish tarmog‘ini avtonom fotoelektrik ta’minot manbaidan uzluksiz va sifatli elektr ta’minoti masalasi o‘rganilgan. Elektr yoritish tarmoqlarida me’yoriy yoritilganlikni ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan energiya tejamkor yoritkichlarning iqtisodiy samaradorligi va energiya tejamkorligi xususiyatlari ixcham gaz razryadli hamda yorug‘lik diodli elektr yoritish qurilmalari misolida ilmiy jihatidan asoslab berilgan.

    #invertor #quyosh paneli #elektr yoritish tarmog‘i #gaz razryadli yoritkich #ixcham gaz razryadli yoritish qurilmasi #yorug‘lik diodli elektr yoritkich #fotorele #monokristal kremniy #fotoelektrik batareya #kontrollyor

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26059 130

    MA’LUMOTLAR TO‘LIQ BO‘LMAGANDA MURAKKAB TIZIMLARNI ISH QOBILIYATLILIK SATHLARINI OPTIMALLASH USULLARI

    Mualliflar:

    Alikulov Tuyg'un Avlaqulovich

    Xaydarov Shamsiddin Abdijalilovich

    Egamov Mirshohid Xolmurodovich

  • MA’LUMOTLAR TO‘LIQ BO‘LMAGANDA MURAKKAB TIZIMLARNI ISH QOBILIYATLILIK SATHLARINI OPTIMALLASH USULLARI

    Texnik tizimning xarakteristikalari to‘g‘risida to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar sharoitida ishlash qobilyatlilik sathlarini optimallashtirish usuli taklif etiladi. Taklif etilayotgan modellashtirish va optimallashtirish usuli taqsimotning boshqa turidan foydalanganda aniq o‘zgarishlarni hisobga oladi. Diskret holatlar to‘plamidagi o‘tishlar va o‘tish ehtimoli aniqlanadi. Optimal boshqaruv strategiyasini tanlashda moslashuvchan yondashuv taklif etiladi. Ma’lum bir shartlar bajarilganda tizimning rivojlanishini Markov jarayoni bilan tasvirlash mumkinligi ko‘rsatilgan

    #modellashtirish #Markov jarayoni #ishonchlilikning matematik modeli #tizimning ish qobilyati #buzulishsiz ishlash ehtimoli #nosozlik intensivligi #qayta tiklash intensivligi #o‘tish ehtimoli

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26060 161

    ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ГИБРИДНОЙ СИСТЕМЫ ТЕПЛО И ЭЛЕКТРОСНАБЖЕНИЯ ТИПОВОГО СЕЛЬСКОГО ДОМА

    Mualliflar:

    Uzoqov G'ulom Norboyevich

  • ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ГИБРИДНОЙ СИСТЕМЫ ТЕПЛО И ЭЛЕКТРОСНАБЖЕНИЯ ТИПОВОГО СЕЛЬСКОГО ДОМА

    Повышение энергоэффективности современных зданий и сооружений является актуальной задачей. Для решения этой задачи важным считается развитие использования возобновляемых источников энергии, которые обладают огромным потенциалом. Рациональным техническим решением эффективного использования традиционных и возобновляемых энергоресурсов являются гибридные системы энергоснабжения автономных потребителей. В связи с этим, в данной работе разработана технологическая схема гибридной автономной системы тепло- и электроснабжения типового сельского дома с учетом изменений потенциала солнечной энергии. Определена приведенная электрическая мощность потребителей типового сельского дома, которая составляет в пределах 2,5÷2,74 кВт. Приведены результаты исследований характеристик солнечной фотоэлектрической станции мощностью 5,0 кВт. Обоснована эффективность применения солнечной фотоэлектрической станции и солнечного коллектора в составе гибридной системы тепло-и электроснабжения типового сельского дома.

    #технологическая схема #электроэнергия #тепловой насос #гибридная система теплоснабжения #котельная установка #рекуператор-теплообменник

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26061 167

    QISHLOQ NAMUNAVIY UYLARINING AVTONOM GIBRID ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINING ISSIQLIK-TEXNIK PARAMETRLARINI ASOSLASH

    Mualliflar:

    Toshmamatov Bobir Mansurovich

    Davlonov Xayrulla Allamurodovich

    Kamolov Behzod Ilhomovich

  • QISHLOQ NAMUNAVIY UYLARINING AVTONOM GIBRID ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINING ISSIQLIK-TEXNIK PARAMETRLARINI ASOSLASH

    Maqolada qishloq namunaviy uylari uchun vakuumli quyosh kollektori va issiqlik nasosli qurilmalar asosidagi gibrid issiqlik va issiq suv taminoti tizimining issiqlik sxemasi taklif qilingan. Gibrid issiqlik va issiq suv taʼminoti tizimi vakuumli quyosh kollektori va yer osti issiqlik manbai (kanalizatsiya qudugʻi) ga rekupirator qurilmasi orqali ulangan issiqlik nasosli qurilmaning issiqlik-texnik hisobi keltirilgan. Gibrid issiqlik taʼminoti tizimida qoʻllanilgan issiqlik nasosli qurilmaning energiya isteʼmoli 2,5 kVt boʻlib, issiqlik va taʼminoti tizimi uchun 12,5÷17,5 kVt issiqlik energiyasi ishlab chiqarishi natijadasida anʼanaviy issiqlik va issiq suv taʼminoti tizimlarida qozon qurilmalari, elektr isitish qurilmalariga qaraganda 5÷7 martagacha energiya tejamkorligiga ega ekanligi asoslangan. Qashqadaryo viloyati meteorologik iqlim parametrlarini, isitish mavsumini 132 sutka deb hisobga olib, taklif qilingan qishloq namunaviy uylarning gibrid avtonom issiqlik taʼminoti tizimida faqat 2,5 kVt quvvatli issiqlik nasosli qurilmani ishlatish hisobiga 39 600 kVt·soat elektr energiyasini tejash yoki 12÷14 tonna shartli yoqilgʻini tejash mumkinligi ilmiy asoslangan

    #gibrid issiqlik taʼminoti tizimi #vakuumli quyosh kollektori #issiqlik nasosli qurilma #ishchi jism #isitish koeffitsiyenti

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26062 147

    UZUMZORLARNI TOMCHILATIB SUG‘ORISH TEXNOLOGIYASI

    Mualliflar:

    Xudayev Ismoyil Jumakulovich

    Xo'jaqulov Rustam

  • UZUMZORLARNI TOMCHILATIB SUG‘ORISH TEXNOLOGIYASI

    Maqolada butun jahon miqyosida suv tanqisligi tobora ortib borayotgan sharoitda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda suvni tejab-tergab ishlatish, sug‘orishning tejamkor usuli hisoblangan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini Buxoro viloyati sharoitida tokzorlarni sug‘orishda qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilgan. Aholini sifatli va mo‘l qishloq xo‘jaligi oziq ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashning eng istiqbolli sohalaridan biri bu qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash hisoblanadi. Mualliflar tomonidan olib borilgan dala va laboratoriya tajribalari natijalarining tahliliga ko‘ra va keyingi 5 yil davomida olingan ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib, tajriba uchastkasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llashda tuproqning sug‘orishdan oldingi namligi chegaraviy dala nam sig‘imi,bir martalik sug‘orish me'yori va mavsumiy sug‘orish me'yori miqdorlari tavsiya qilingan

    #tomchilatib sug‘orish #tuproq namligi #cheklangan dala nam sig‘imi #uzumzor #egatlab sug‘orish #suv taqsimlash quvuri #sug‘orish quvuri #suv sarfi #sho‘rlangan yerlar #sug‘orish usuli #sug‘orish me'yori

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26063 241

    КОМБИНИРОВАННАЯ СИСТЕМА ОБОГРЕВА СОЛНЕЧНЫХ ТЕПЛИЦ НА ОСНОВЕ ТЕПЛОВЫХ ТРУБ И ЭНЕРГИИ БИОМАССЫ

    Mualliflar:

    Fatillayev Suxrob Zokir o'g'li

    Raxmatov Obid Ibod o'g'li

  • КОМБИНИРОВАННАЯ СИСТЕМА ОБОГРЕВА СОЛНЕЧНЫХ ТЕПЛИЦ НА ОСНОВЕ ТЕПЛОВЫХ ТРУБ И ЭНЕРГИИ БИОМАССЫ

    В статье рассмотрена возможности применения тепловых труб для утилизации тепловой энергии биомассы и почвы теплицы с целью поддержания оптимального температурного режима. Разработана расчётная схема теплового баланса солнечной теплицы с комбинированной системой обогрева на основе тепловых труб и энергии биомассы. Составлена математическая модель теплового баланса солнечной теплицы с тепловыми трубами и обоснованы основные теплотехнические параметры предложенной системы. Установлено, что применение тепловых труб в системах обогрева обеспечивает утилизацию теплоты из нагретого слоя биомассы и покрывает 20-25 % тепловой нагрузки теплицы с полезной площадью 100 м2

    #система отопления #возобновляемые источники энергии #солнечная теплица #тепловая труба #экономия энергии

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26064 123

    TAKOMILLASHTIRILGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH

    Mualliflar:

    Karimov Akmal Akramovich

  • TAKOMILLASHTIRILGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH

    Maqolada ildizmevalarni yig‘ib-terib olishda foydalaniladigan texnikalarni tahlili berilgan. Takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning ish unumdorligini kavlab olish sifatini oshirish tadqiqot maqsadi hisoblanadi. Jahonda kartoshka kovlashni energiya va resurstejamkor usullari va ularni amalga oshiradigan qurollarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kichik maydonlarda kartoshkani belgilangan me’yorlarda sifatli va to‘liq kovlab olinishni amalga oshiradigan energiya va resurstejamkor qurollarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu jihatdan kartoshka kovlash usullarini takomillashtirish, ularni amalga oshiradigan majburiy tebranuvchan kartoshka kovlagichlarni ishlab chiqish, ularning texnologik ish jarayoni hamda ishchi qismlarining parametrlarini asoslash dolzarb hisoblanmoqda. takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning konstruktiv sxemasi, panjarali va oraliq lemexlar hamda tebranuvchan xivichlarning asosiy parametrlari, ish rejimini asoslash va tortishga qarshiligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Ilmiy-texnik adabiyotlar va patent-informatsion materiallarning tahlillari asosida passiv panjarali lemexli va tebranuvchan xivichli takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning konstruktiv sxemasi ishlab chiqildi. Taklif qilingan kartoshka kovlagich bo’yicha batafsil ma’lumot yoritilgan.

    #texnologik jarayon #lemex #xivich #tebranuvchan xivich #Takomillashgan kartoshka kovlagich #xivich orasifagi masofa #tortishga qarshilik #oraliq lemex #panjarali lemex

Тестовой журнал - это издание освещающее происходящие изменения и обновления в области тестовых веб-сайтов

Связаться с нами

  • Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район Массив Бозсув 2, Дом 17а
  • +998-(93)-388-44-00
  • info@uzsci.uz

© 2024 UzSCI. Barcha huquqlar himoyalangan