Статьи

  1. Bosh sahifa
  2. Статьи
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?

Отправьте сейчас, и вы увидите свою статью на этой странице

Отправить сейчас
  • TEXNIKA FANLARI ID: 26641 41

    ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПАССИВНЫХ СИСТЕМ СОЛНЕЧНОГО ОТОПЛЕНИЯ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ЗДАНИЙ И СООРУЖЕНИЙ

    Mualliflar:

    Sodiqov Jamol Djabborovich

    Fayziyev To'lqin Amirovich

    Xamraev Tolib Yarashevich

    Xidirov Mirabbos Mirzayorovich

  • ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПАССИВНЫХ СИСТЕМ СОЛНЕЧНОГО ОТОПЛЕНИЯ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ЗДАНИЙ И СООРУЖЕНИЙ

    В настоящее время, в мировой практике ведутся научные исследования и конструкторские работы по разработке и созданию пассивных систем солнечного отопления. Если теплоаккумулирующая стенка пассивной системы солнечного отопления состоит из перфорированной – теплоаккумулирующей стенки, то такая стена одновременно передает тепло в помещение и подает теплый свежий воздух. В результате в помещение поступает теплый свежий воздух, а потери тепла сокращаются за счет снижения температуры зачерненной наружной поверхности теплоаккумулирующей стенки. Методика расчета и теоретические исследования пассивных систем весьма сложны, что затрудняет обоснованное проектирование сооружений с такими системами. В связи с этим практически интерес приобретает задача создания простых аппроксимационных методов расчета интегральных характеристик пассивных систем солнечного отопления зданий и сооружений за отопительный сезон в целом, такой характеристики, как коэффициент замещения отопительной нагрузки, который определяет как технические, так и экономические показатели таких систем. Теоретическое исследование и расчеты показывают, что незначительная добавка к плохому проводнику тепла металлических волокон сильно увеличивает его теплопроводность и практически не изменяет его объемную теплоемкость. Для повышения теплопередающей способности теплоаккумулирующей стенки является использование перфорированной теплоаккумулирующей стенки, которые позволяют повысить интенсивность теплосъёма с поверхности теплоаккумулирующей стенки в период инсоляции. В пассивных системах солнечного отопления оказывается выгодно использовать для теплоаккумулирующей стенки более теплопроводный материал. Перфорированная теплоаккумулирующая стенка и подача воздуха через нее способствуют увеличению эффекта передачи тепла в глубину стенки и в помещение.

    #композиционный материал #пассивная система солнечного отопления. теплоаккумулирующая стенка #сельскохозяйственные здания и сооружения

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26642 43

    STANSIYA YO‘LLARIDA HARAKAT TARKIBLARINI KO‘RIKDAN O‘TKAZISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

    Mualliflar:

    Bashirova Alfiya Mirxatimovna

    Jumayev Sherzod Bahrom o'g'li

    Madatov Ilxomjon Mexriddin o'g'li

    Turdibekov Oybek Narzulla o'g'li

  • STANSIYA YO‘LLARIDA HARAKAT TARKIBLARINI KO‘RIKDAN O‘TKAZISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

    Hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda yuzaga kelayotgan muammolardan biri stansiya yo‘llarining bo‘sh bo‘lmasligidan stansiyaga qabul qilinayotgan poyezdlarning kirish svetoforlari oldida yoki qo‘shni stansiyalarda kutib qolishlariga sabab bo‘lmoqda. Natijada, “tashlab ketilgan” poyezd (broshennыy poezd)lar soni ham ortib boradi. Bu esa yuklarni yetkazib berish tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va tashish ishlari samaradorligi tushib ketishiga olib keladi. Ushbu muammoni hal qilishning turli usullari mavjud bo‘lib, ularning eng muhimlaridan stansiya texnologik jarayonlariga muvofiq tarkiblarni ko‘rikdan o‘tkazishning zamonaviy usullaridan foydalanishdir. Stansiya texnologik jarayonlariga muvofiq tarkiblarning turish vaqtlaridan unumli foydalanish stansiyaning foydalanish ko‘rsatkichlarini oshishiga olib keladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, poyezdlarga ishlov berish jarayonlariga sarflangan vaqtning tarkiblarni texnik va tijoriy ko‘riklardan o‘tkazish vaqtiga bog‘liqligi qiyosiy tahlili o‘tkazilgan. Tadqiqot ishida chet el tajribasi asosida tarkiblarni ko‘rikdan o‘tkazishning zamonaviy usullaridan foydalanish tavsiya etilgan. Insonni mehnat sharoitidagi xavfli zonalardan olib chiqish uchun taklif etilayotgan innovatsion texnologiylarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l stansiyalariga joriy etish maqsadga muvofiq.

    #texnik stansiya #“tashlab ketilgan” poyezd #texnik ko‘rik #tijoriy ko‘rik #stansiya texnologik markazi #telegram natur varag‘i #axborot hisoblash markazi #qulflash-plombalash qurilmalari #tranzit poyezdi #texnik ko‘rik punkti

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26643 38

    QORA SEDANA URUGʻI HUJAYRASI BUZILISHIGA HARORATNING TA’SIRI BOʻYICHA MIKROSKOPIK TADQIQOTLAR

    Mualliflar:

    Boynazarova Yulduz Anvarovna

    Farmonov Jasur Boyqarayevich

  • QORA SEDANA URUGʻI HUJAYRASI BUZILISHIGA HARORATNING TA’SIRI BOʻYICHA MIKROSKOPIK TADQIQOTLAR

    Respublikamizda yog‘-moy ishlab chiqarish sohasida mavjud tizimlar katta miqdordagi, asosan bir turdagi xom ashyoni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Sedana urug‘ini qayta ishlash imkoniyati mavjud emas. Sedana urug‘ini qayta ishlash uchun esa ishlab chiqarish quvvati kichik liniyalarni tashkil etish va moy ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlarni optimallashtirishni talab etadi. Moyli xom ashyolarni quritish va mikroskop ostida tekshirish hamda taqqoslash usullaridan foydalanildi. Moyli xom ashyo Respublikamizning Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan mahalliy xom ashyodan foydalanilgan. Shuningdek, tajriba ishlarida B-510PH-Biomolekulyar mikroskopidan va namlik miqdori aniqlash uchun KERN uskunasidan foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Sedana urug‘iga issiqlik bilan ishlov berilganda moy hujayrasi buzilishi o‘rganildi va sedana urug‘idan moy ishlab chiqarilganda issiqlik bilan ishlov berishning vaqti hamda haroratining maqbul varianti ishlab chiqildi. Tadqiqot natijasida sedana urug‘idan presslash usulida moy olish uchun, moy ishlab chiqarishning texnologik jarayoni optimallashtirilgan, ya’ni presslashdan oldin sedana urug‘iga issiqlik bilan ishlov berilganda hujayra buzilishi tadqiq qilingan.

    #harorat #namlik #mikroskop #Qora sedana

  • TEXNIKA FANLARI ID: 27882 28

    BUGʻ KOMPRESSORLI ISSIQLIK NASOSINING ISSIQLIK-ENERGETIK PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH

    Mualliflar:

    Uzoqov G'ulom Norboyevich

    Elmurodov Nuriddin Sayitmurodovich

  • BUGʻ KOMPRESSORLI ISSIQLIK NASOSINING ISSIQLIK-ENERGETIK PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH

    Ushbu tadqiqot ishida past haroratli manba asosida ishlaydigan issiqlik nasosining termodinamik sikli va uning parametrlarini tajribada tadqiq qilish asosida, Qarshi shahri sharoitida binolarning energiya taʼminoti tizimlariga issiqlik nasoslarini joriy etishning energiya samaradorligi baholangan.

    Tajriba oʻtkazish jarayonlarida past haroratli manbaning toʻrtta 5 oC, 10 oC, 15 oC va 20 oC haroratlarida issiqlik nasosining energiya samaradorligi aniqlandi. Ishchi suyuqlik sifatida ozon uchun xavfsiz boʻlgan R134a freon ishlatilgan.

    Past haroratli issiqlik manbai harorati koʻtarilishi bilan issiqlik nasosining energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti ortishi kuzatildi. Tadqiqotlar davomida past haroratli manbaning turli haroratlarida issiqlik nasosining energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti qiymati 2,1 dan 3,5 gacha oʻzgarganligi aniqlandi. Shuningdek, 3,5 ga teng energiya oʻzgartirish koeffitsiyentiga  20 oC haroratli issiqlik manbadan foydalanilganda erishildi.

    Olib borilgan tajriba natijalari Qarshi shahri sharoitida past haroratli manbaning turli haroratlarida issiqlik nasosining energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti qiymati 2 dan katta boʻlganligi uchun issiqlik nasosini issiqlik taʼminoti tizimlarida qoʻllash samarali yechim ekanligini koʻrsatadi.  

    #entropiya #issiqlik nasosi #past haroratli manba #termodinamik sikl #entalpiya #energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti

  • TEXNIKA FANLARI ID: 27883 19

    QAROR DARAXTI YORDAMIDA AVTOMASHINA OQIMINI BASHORAT QILISH

    Mualliflar:

    Rasulmuxamedov Maxamadaziz Maxamadaminovich

    Tashmetov Kamoliddin Shuxrat oʻgʻli

    Tashmetov Timur Shuxratovich

  • QAROR DARAXTI YORDAMIDA AVTOMASHINA OQIMINI BASHORAT QILISH

    Ushbu ishda Toshkent shahri halqa yoʻlining Bogʻishamol koʻchasi bilan kesishgan chorrahada transport oqimini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotning obyekti sifatida transport oqimi va uning dinamik koʻrsatkichlari, yaʼni intensivligi, zichligi va tezlik kabilar tadqiqot uchun oʻrganilgan va qayta ishlangan. Tadqiqotda qoʻyilgan asosiy masala, qaror daraxti yordamida transport oqimini bashorat qilish va buning asosida transport harakatini boshqarish masalalari olingan. Shu bilan birga ushbu ishda yoʻl harakatiga toʻsqinlik qiluvchi omillar tahlili va bu omillarni kamaytirish boʻyicha fikrlar keltirilgan. Tahlil natijalarida hozirgi kunda jadal rivojlanib kelayotgan yoʻnalishlarga alohida urgʻu berilib, bunda mashinani oʻrgatish, neyron tarmoqlari va intellektual transport tizimlari kabi texnologiyalarni transport sohasiga tobora kirib kelayotgani aniqlangan. Bu yoʻnalishlarning ichidan mashinani oʻqitish yoʻnalishining algoritmi, usuli va modellari tahlil qilingan. Qilingan tahlillar shuni koʻrsatdiki, qaror daraxti, tasodifiy oʻrmon va gradient boosting kabi modellar transport oqimini bashorat qilishda keng qoʻllanilishi maʼlum boʻldi. Ushbu ishda qaror daraxti yordamida ham Toshkent halqa yoʻli va Bogʻishamol koʻchasining yoʻllardagi transport oqimini bashorat qilish modeli yaxshi natijalarni koʻrsatdi. Bu koʻrsatkichni baholashda determinatsiya koeffitsiyenti   qoʻllanildi va uning koʻrsatkichi 92% ni koʻrsatdi. Bu bashorat uchun yaxshi koʻrsatkich ekanligi aniqlandi.

    #model #algoritm #bashorat #transport oqimi #tirbandlik #qaror daraxti #mashinani oʻrgatish modellari #determinatsiya koeffitsiyenti

  • TEXNIKA FANLARI ID: 27892 31

    SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASIDA IKKILAMCHI ISSIQLIK ENERGIYA RESURSLARI POTENSIALINI HISOBLASH METODIKASI

    Mualliflar:

    Uzoqov G'ulom Norboyevich

    Toshmamatov Bobir Mansurovich

    Abduraxmanova Nasiba Kuchkarovna

  • SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASIDA IKKILAMCHI ISSIQLIK ENERGIYA RESURSLARI POTENSIALINI HISOBLASH METODIKASI

    Gazni qayta ishlash korxonasining energiya samaradorligini oshirish, ikkilamchi energiya resurslari potensialini aniqlash va korxonaning energiya balansida ishlatish boʻyicha texnik yechimlar ishlab chiqish dolzarb masalalar hisoblanadi. Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining energiya balansi tahlili shuni koʻrsatadiki, texnologik jarayonlarda 65% issiqlik energiyasi, 8÷10% elektr energiyasi va 25÷27% gaz sarf qilinadi. Natijada, atrof-muhitni ifloslantiradi va atrof-muhitga muqarrar yoʻqotilishi mumkin boʻlgan ikkilamchi energiya (tutun gazlari, ikkilamchi bugʻlar, oqova suvlar,...) oqimlari yuzaga keladi. Shu sababli, ikkilamchi energiya resurslarini qayta ishlatish, yaʼni utilizatsiya qilish energiya samaradorlikni oshirishni asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot ishining maqsadi gazni qayta ishlash korxonasida ikkilamchi energiya resurslarining miqdori, energetik quvvatini aniqlash, korxonaning umumiy energiya balansida ishlatish imkoniyatlarini baholash hamda qoʻshimcha yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash hamda zaxiralarini asoslashdan iborat.

    Maqolada sanoat korxonalari va obyektlarining energiya balansi va termodinamik tahlil usullari hamda issiqlik texnikasining asosiy qonunlari asosida ikkilamchi energiya resurslarining issiqlik quvvati va energiya potensiali aniqlangan. “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” (“Shoʻrtan GKM”) MChJ korxonasi misolida ikkilamchi energiya resurslarining potensiali termodinamik tahlil qilingan. Ikkilamchi energiya resurslar(IER)ini utilizatsiya qilish natijasida korxonada katta miqdorda yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash imkoniyatlari baholangan. Issiqlik ikkilamchi energiya resurslarini issiqlik quvvatlari hisoblash metodikasi, hisoblash natijalari va IERni tarkibiy diagrammalari keltirilgan. 

    “Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasining IER energiya potensiali tahlili shuni koʻrsatadiki, tutun gazlari bilan atrof-muhitga chiqariladigan issiqlik yuqori 9,0÷10,0 MVt ni tashkil etadi. Dastlabki nazariy tadqiqotlar oqova suvlarning past potensialli issiqligini utilizatsiya qilish natijasida 2,0÷2,7 MVt qoʻshimcha issiqlik energiyasi olish imkoniyati mavjudligi koʻrsatdi.

    #tutun gazlari #: gaz kimyo majmuasi #ikkilamchi energiya resurslari #energiya tejamkorlik #oqova suvlar #yoqilgʻi-energiya resurslari #issiqlik quvvati

  • TEXNIKA FANLARI ID: 27895 12

    ELEKTR YURITMALARNI CHASTOTA O‘ZGARTIRGICHLAR YORDAMIDA ISHGA TUSHIRISH ORQALI ENERGIYA SAMARADORLIGI VA ISHONCHLILIGINI OSHIRISH

    Mualliflar:

    Norboyev Anvar Eshmo'minovich

  • ELEKTR YURITMALARNI CHASTOTA O‘ZGARTIRGICHLAR YORDAMIDA ISHGA TUSHIRISH ORQALI ENERGIYA SAMARADORLIGI VA ISHONCHLILIGINI OSHIRISH

    . Ushbu maqolada elektr yuritmalarning energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha eksperiment tadqiqotlari va ularning natijalari tahlili keltirilgan.

    Eksperiment tadqiqotlarda elektr yuritmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish hamda chastota o‘zgartirgich orqali ishga tushirishda olingan natijalar qiyosiy tahlil etilgan.

    Tadqiqot 22 kVt quvvatli elektr dvigatelida amalga oshirilgan. Olingan natijalar grafik asosida keltirilgan. Natijalar tahlili grafoanalitik usul asosida tadqiq etilgan. Elektr yuritmalar chastota o‘zgartirgich orqali ishga tushirilganda uning energiya samaradorligi hamda ishonchliligiga ta’siri eksperiment natijalari asosida baholangan.

    Elektr yuritmani chastota o‘zgartirgich yordamida ishga tushirish bo‘yicha olib borilgan eksperiment natijalari asosida energiya samaradorligi 23% ga hamda uning ishonchliligi 26% gacha oshishi ilmiy asoslangan.

    #kuchlanish #faza #quvvat #ishonchlilik #tok #elektr yuritma #elektr energiya #enegiya samaradorlik #elektr dvigatel #chastota o‘zgartirgich #garmonika

  • TEXNIKA FANLARI ID: 27897 27

    PROBLEMS OF HYDRAULIC CALCULATION OF EARTHEN CHANNELS

    Mualliflar:

    Rahmatov Mahmud Ismatovich

    Xazratov Alisher Normurodovich

  • PROBLEMS OF HYDRAULIC CALCULATION OF EARTHEN CHANNELS

    The main task of the design of earthen channels is to calculate the dimensions of the stable channel shape in which irreversible deformation of the channel cross-section does not occur. This article provides information on calculating the hydraulic parameters of a stable channel shape in the design of earthen channels in which channel deformation does not occur.

    In this case, the need to adopt dynamic stable channel parameters that can work in harmony with nature through the method of checking the dynamic stability of the channel with the help of hydraulic modeling programs is based on modeling using HEC-RAS software and field-experience data.

    Based on the research results, a new approach is required in the hydraulic calculation for the design of the earthen canals, taking into account the changing nature of the flow and discharge. Taking into account the natural increase of the bottom slope of the deformed channel bed due to sediment deposition, it is suggested to strengthen the side embankments of the channel and choose the flow slope that ensures the balance of the sediment balance.

    The essence of the proposed method consists in adopting dynamic stable channel parameters that are in harmony with nature and do not require continuous cleaning and repair works in the calculation of earthen channels. For this, it is necessary to model the sediment transport with the help of hydraulic modeling programs of the earthen channels

    #dynamic stable channel #hydraulic calculation of earthen channels #suspended sediment concentration #channel deformation

  • TEXNIKA FANLARI ID: 28004 19

    GORIZONTAL QUVURLARDAGI QATLAMLI GAZ-SUYUQLIK ARLASHMASI OQIMI

    Mualliflar:

    Avlakulov Abdimajit Meyliyevich

    Babajanova Iroda Yuldashovna

    Babajanov Yuldosh Tilovatovich

  • GORIZONTAL QUVURLARDAGI QATLAMLI GAZ-SUYUQLIK ARLASHMASI OQIMI

    Quvurlardagi gaz-suyuqlik aralashmalari oqimining gidrodinamik hisoblari sohasidagi tadqiqotlar koʻplab tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan. Ular gaz-suyuqlik oqimlarining turli gidravlik va gidrodinamik xususiyatlarini nazariy va eksperimental jihatdan oʻrganganlar. Biroq, bu ishlarda olingan parametrlar ikki fazali oqimni tavsiflovchi koʻp sonli oʻzgaruvchilar bilan bogʻliq xatoga ega. Shuning uchun, ushbu maqola quvur liniyasidagi qatlamli oqim tuzilishi uchun hisoblangan bogʻliqliklarni matematik tavsiflashga qaratilgan maqsadni qoʻyadi. Bunday holda, ishning maqsadi gorizontal quvur liniyalarida yoki qatlamli oqim tuzilishi bilan nishab burchagining nisbatan kichik qiymatlari bilan ikki fazali oqim va bosim yoʻqolishining hisoblangan parametrlarini aniqlashdir

    #tezlik #aralashma #qatlamli tuzilish #bosimning yoʻqolishi #gorizontal quvur liniyasi #haqiqiy gaz miqdori

  • TEXNIKA FANLARI ID: 28006 19

    SOʻROVLARGA XIZMAT KOʻRSATISHDA VEB SERVERLARNING SAMARADORLIGINI ANIQLASH

    Mualliflar:

    Abdullayev Eldor Saʼdulla oʻgʻli

  • SOʻROVLARGA XIZMAT KOʻRSATISHDA VEB SERVERLARNING SAMARADORLIGINI ANIQLASH

    Veb saytlarning hozirgi kundagi barcha tarmoqlarda keng qoʻllanilishi ularga boʻlgan soʻrovlarning tobora ortib borishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa yuqori soʻrovlar jarayonida ularga xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish bilan bogʻliq ilmiy izlanishlarni tobora kengaytirmoqda. Ushbu jarayonda soʻrovlarga xizmat koʻrsatishda veb serverlar asosiy oʻrin egallaydi. Ushbu maqolada turli veb serverlarda oʻrnatilgan masofaviy platformalarning soʻrovlarga javob berishi sinovdan oʻtkazilgan hamda klient va server orasidagi kechikish koʻrsatkichlari, soʻrovlarni qabul qilish va rad etish koʻrsatkichlari boʻyicha tahlillar amalga oshirilgan. Shuningdek, lokal tarmoq orqali Apache va Nginx veb serverlarida odatiy va optimallashtirilgan sozlamalar ustida sinovlar oʻtkazilgan. Bunda, Apache va Nginx veb serverlarining optimallashtirilgan sozlamalari tizim serverining texnik imkoniyatlariga moslashtirilgan holda amalga oshirilgan. Olingan natijalarga koʻra Nginx veb serverining samaradorligi yuqoriroq ekanligi aniqlangan.

    #veb server #Apache #Nginx #ulanish kechikishi #takomillashtirilgan veb server sozlamasi

Тестовой журнал - это издание освещающее происходящие изменения и обновления в области тестовых веб-сайтов

Связаться с нами

  • Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район Массив Бозсув 2, Дом 17а
  • +998-(93)-388-44-00
  • info@uzsci.uz

© 2024 UzSCI. Barcha huquqlar himoyalangan