Статьи

  1. Bosh sahifa
  2. Статьи
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?

Отправьте сейчас, и вы увидите свою статью на этой странице

Отправить сейчас
  • TEXNIKA FANLARI ID: 26064 73

    TAKOMILLASHTIRILGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH

    Mualliflar:

    Karimov Akmal Akramovich

  • TAKOMILLASHTIRILGAN KARTOSHKA KOVLAGICHNING PARAMETRLARINI NAZARIY ASOSLASH

    Maqolada ildizmevalarni yig‘ib-terib olishda foydalaniladigan texnikalarni tahlili berilgan. Takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning ish unumdorligini kavlab olish sifatini oshirish tadqiqot maqsadi hisoblanadi. Jahonda kartoshka kovlashni energiya va resurstejamkor usullari va ularni amalga oshiradigan qurollarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kichik maydonlarda kartoshkani belgilangan me’yorlarda sifatli va to‘liq kovlab olinishni amalga oshiradigan energiya va resurstejamkor qurollarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu jihatdan kartoshka kovlash usullarini takomillashtirish, ularni amalga oshiradigan majburiy tebranuvchan kartoshka kovlagichlarni ishlab chiqish, ularning texnologik ish jarayoni hamda ishchi qismlarining parametrlarini asoslash dolzarb hisoblanmoqda. takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning konstruktiv sxemasi, panjarali va oraliq lemexlar hamda tebranuvchan xivichlarning asosiy parametrlari, ish rejimini asoslash va tortishga qarshiligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Ilmiy-texnik adabiyotlar va patent-informatsion materiallarning tahlillari asosida passiv panjarali lemexli va tebranuvchan xivichli takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning konstruktiv sxemasi ishlab chiqildi. Taklif qilingan kartoshka kovlagich bo’yicha batafsil ma’lumot yoritilgan.

    #texnologik jarayon #lemex #xivich #tebranuvchan xivich #Takomillashgan kartoshka kovlagich #xivich orasifagi masofa #tortishga qarshilik #oraliq lemex #panjarali lemex

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26084 71

    AZOT VA OLTINGUGURT SAQLAGAN OLIGOMERLARNI OLISH VA FIZIK – KIMYOVIY XOSSALARNI TADQIQ ETISH

    Mualliflar:

    Berdiyev Sanjar Allanazarovich

  • AZOT VA OLTINGUGURT SAQLAGAN OLIGOMERLARNI OLISH VA FIZIK – KIMYOVIY XOSSALARNI TADQIQ ETISH

    Maqolada azot va oltingugurt bo‘lgan organik qo‘shimchalar olishni maqbul nisbatlari, strukturasi IQ – spektroskopiya analizi orqali tadqiq etilgan hamda fizik – kimyoviy xossalari o‘rganilgan. Olingan dastlabki natijalarga ko‘ra taklif etilayotgan NS-1 markadagi qo‘shimcha yoqilg‘ilar ta’sirida metall yuzasida hosil bo‘lgan mexanik eskirishga barqaror ekanligi aniqlandi.

    #analog #kompozit #neft #IQ-spektroskopiya #organik modifikator #qo‘shimcha #fizik – kimyoviy xossalar

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26085 92

    ZAMONAVIY GELIOISSIQXONALARINING STATSIONAR REJIMDA ISSIQLIKENERGETIK PARAMETRLARINI HISOBLASH NATIJALARI

    Mualliflar:

    Uzoqov G'ulom Norboyevich

    Fatillayev Sardorbek Zokirovich

    Ergashev Shaxriyor Hamudillayevich

  • ZAMONAVIY GELIOISSIQXONALARINING STATSIONAR REJIMDA ISSIQLIKENERGETIK PARAMETRLARINI HISOBLASH NATIJALARI

    Maqolada zamonaviy gelioissiqxonalarining issiqlik yuklamasini hisoblash metodikasi va natijalar tahlili keltirilgan. Polietilin plyonka va polikarbonat oyna qoplamali issiqxonalarda isitgich uchun talab qilinadigan issiqlik quvvatining mavsumiy oʻzgarishi tashqi havo harorati va quyosh radiatsiyasiga bogʻliqligi oʻrganilgan. Foydali maydon 100 m2 boʻlgan issiqxonada ikki qatlamli polietilin qatlamda issiqlik yuklamasining maksimal qiymati 18,0 kvt, polikarbonat qoplamada esa 13,0 kvt yaʼni, 1,38 martaga, 25-28% kamayishi asoslangan.

    #quyosh energiyasi #issiqlik energiyasi #yoqilgʻi sarfi #issiqlik yuklamasi #tashqi havo harorati #harorat-namlik rejimi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26086 72

    AVTONOM MOBIL SUV CHIQARUVCHI FOTOISSIQLIK QURILMASINI TABIIY SHAROITDA SINOVDAN OʻTKAZISH

    Mualliflar:

    Tursunov Muxamad Nishanovich

    Sabirov Xabibullo

    Eshmatov Mansur Mamayusupovich

    Xolov Uygʻun Raufovich

  • AVTONOM MOBIL SUV CHIQARUVCHI FOTOISSIQLIK QURILMASINI TABIIY SHAROITDA SINOVDAN OʻTKAZISH

    Ushbu maqolada Respublikaning issiq va quruq iqlimli chekka hududlarida joylashgan qishloqlarda quduqlardan suv chiqarish va maishiy isteʼmolchilarni energiya bilan taʼminlashda foydalanish uchun ishlab chiqilgan sovitishda qoʻshimcha quvvat talab qilmasdan oʻzini-oʻzi sovitish tizimi bilan jihozlangan yangi reflektorli fotoissiqlik batareya asosidagi mobil qurilmani tabiiy muhit sharoitlarida sinovdan oʻtkazish natijalari keltirilgan. Qurilma ikki xil rejimda fotoelektrik va fotoissiqlik rejimlarida sinovdan oʻtkazildi. Salt yurish kuchlanishi fotoelektrik va fotoissiqlik rejimda mos ravishda 20,5 V va 25 V qiymatni, Qisqa tutashuv toklari esa mos ravishda 35,4 A va 44,6 A ni tashkil qilgan. Qurilmaning chiqish quvvati esa mos ravishda 516 W va 870 W qiymatlarni koʻrsatgan. Qurilma yordamida 15m balandlikka 350 W quvvatli nasos bilan 5 soat davomida suv chiqarilganda 200 A soat kislotali akkumulyatorning zaryadi toʻlaligicha saqlandi va shu vaqt davomida 30 m3 suv chiqarishga erishildi va quyi tizim samaradorligi 71,4% ni tashkil qilgan

    #quvvat #fotoelektrik batareya (FEB) #fotoissiqlik batareya (FIB) #qisqa tutashuv toki #salt yurish kuchlanishi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26087 48

    YASSI REFLEKTORLI QUYOSH HOVUZINING SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISH

    Mualliflar:

    Elmurodov Nuriddin Sayitmurodovich

    Davlonov Xayrulla Allamuratovich

  • YASSI REFLEKTORLI QUYOSH HOVUZINING SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISH

    Ushbu maqolada Qarshi shahri sharoitida quyosh hovuzi qurilmasining issiqlik samaradorligini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tajriba ishlari 25 % konsentratsiyadagi shoʻr suvli quyosh hovuzining yuzasida quyosh nurlanish energiyasining konsentratsiyasini oshirish uchun yassi quyosh reflektorlaridan foydalanilgan va foydalanilmagan holatlarda oʻtkazildi. Quyosh nurlanish energiyasini yigʻish va uni foydali issiqlik energiyasiga aylantirish quyosh hovuzi ishlashining muhim omili hisoblanadi. Reflektorlar boʻlmagan va boʻlgan holatlarda quyosh hovuzi pastki zonasining haroratlari mos holda 46 оС va 52 оС tashkil etdi. Tadqiqot ishlari jarayonida quyosh reflektorlaridan foydalanib quyosh hovuzi pastki konvektiv zonasi energiya samaradorligini 6-7% gacha oshirish mumkinligi tajriba natijalari asosida ilmiy asoslandi.

    #konsentratsiya #quyosh nurlanishi #quyosh hovuzi #quyosh reflektor

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26088 64

    OQIMLARNING QОʻSHILISH ZONASIDAGI DEFORMATSIYA JARAYONINI TADQIQ QILISH

    Mualliflar:

    Bazarov Orifjan Shadiyevich

    Babajanov Yuldosh Tilovatovich

    Eshev Sobir Samatovich

    Xolmamatov Islom Komil oʻgʻli

  • OQIMLARNING QОʻSHILISH ZONASIDAGI DEFORMATSIYA JARAYONINI TADQIQ QILISH

    Deformatsiyalanadigan оʻzanli kanallarning uyurmalik zona hosil qilmaydigan shaklini ilmiy asosda aniqlash bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, talab etilgan suv sarf-xarajatlarsiz doimiy suv оʻtkazadigan kanallar оʻzanlari shaklini ilmiy ravishda tavsiya etish tuproq оʻzanli kanallar loyihasi va ekspluatatsiyasida asosiy talab hisoblanadi. Maqolada konform akslantirish metodi asosida ochiq kanallarning qоʻshilish sohasida yuzaga keladigan оʻzan yuvilishi va uning oqim sxemasiga taʼsiri оʻrganilgan. Oqim gidravlik parametrlarining kanallar qоʻshilish burchagiga bogʻliqligi kоʻrsatilgan. Qoplamasiz kanallarning qоʻshilish sohasida sodir bоʻladigan deformatsiya jarayoni va uning taʼsiri natijasida hosil bоʻladigan yuvilishida kanallarning ekspluatatsiya davridagi muammolari оʻrganilgan.

    #soha #suyuqlik #oqim #kanal #оʻzan #qоʻshilish burchagi

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26089 49

    ИССЛЕДОВАНИЕ СОВМЕСТНОГО ДВИЖЕНИЯ ЖИДКОЙ ПЛЕНКИ И ГАЗА

    Mualliflar:

    Bazarov Orifjan Shadiyevich

    Babajanov Yuldosh Tilovatovich

    Eshev Sobir Samatovich

    Avlakulov Abdimazhit Meilievich

  • ИССЛЕДОВАНИЕ СОВМЕСТНОГО ДВИЖЕНИЯ ЖИДКОЙ ПЛЕНКИ И ГАЗА

    При движении газа по газопроводу в случае значительной скорости во многих случаях происходит расслоение потока в виде кольцевой пленки жидкости. В статье рассмотрены вопросы, связанные с режимом движения жидкости или газа в трубопроводах, паропроводах и газопроводах. В частности, предложена методика упрощенного расчета по определению влияния пленки на потери давления в трубах круглого сечения для ламинарного и турбулентного режимов движения жидкости.

    #давление #число Рейнольдса #шероховатость #режим движения #ламинарное и турбулентное движение #жидкая пленка #газовой поток #уравнение Дарси

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26090 61

    ИССЛЕДОВАНИЕ СОВМЕСТНОГО ДВИЖЕНИЯ ЖИДКОЙ ПЛЕНКИ И ГАЗА

    Mualliflar:

    Bazarov Orifjan Shadiyevich

    Babajanov Yuldosh Tilovatovich

    Eshev Sobir Samatovich

    Avlakulov Abdimazhit Meilievich

  • ИССЛЕДОВАНИЕ СОВМЕСТНОГО ДВИЖЕНИЯ ЖИДКОЙ ПЛЕНКИ И ГАЗА

    При движении газа по газопроводу в случае значительной скорости во многих случаях происходит расслоение потока в виде кольцевой пленки жидкости. В статье рассмотрены вопросы, связанные с режимом движения жидкости или газа в трубопроводах, паропроводах и газопроводах. В частности, предложена методика упрощенного расчета по определению влияния пленки на потери давления в трубах круглого сечения для ламинарного и турбулентного режимов движения жидкости.

    #давление #число Рейнольдса #шероховатость #режим движения #ламинарное и турбулентное движение #жидкая пленка #газовой поток #уравнение Дарси

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26091 62

    KANALLARNING NOSTATSIONAR OQIM SHAROITLARIDA OQIZIQLAR SARFINI ANIQLASH BOʻYICHA DALA TADQIQOTLARI

    Mualliflar:

    Gʻayimnazarov Israil Xoliqovich

    Rahmatov Mahmud Ismatovich

    Otakulov Uktam Xotamovich

    Jumayev Abror Ravshan oʻgʻli

    Hazratov Alisher Rahmatillo oʻgʻli

  • KANALLARNING NOSTATSIONAR OQIM SHAROITLARIDA OQIZIQLAR SARFINI ANIQLASH BOʻYICHA DALA TADQIQOTLARI

    Koʻpgina grunt oʻzanli kanallarini loyihalash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda oʻzan tubida harakatlanuvchi gryadlarning parametrlari va oqim tezligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada nobarqaror oqim sharoitida gryadlvr kоʻrinishidagi oqiziqlar sarfini aniqlash bоʻyicha tabiiy-dala sharoitida оʻtkazilgan tajribalar natijalari keltirilgan

    #kanal #nostatsionar oqim #oqimning turbulentligi #gryad #оʻzan tubi #oqiziqlar #tаngentsiаl kuchlаnish #toʻlqin #logarifmik tezlik taqsimoti #SONTEC #STONEX R2 PLUS

  • TEXNIKA FANLARI ID: 26092 64

    NISHABLI DALALARGA ISHLOV BERADIGAN VA DON EKADIGAN MASHINA YUMSHATKICH PICHOGʻI PARAMETRLARINI ASOSLASH

    Mualliflar:

    Tovashov Rustam Xo'jaxmat o'g'li

  • NISHABLI DALALARGA ISHLOV BERADIGAN VA DON EKADIGAN MASHINA YUMSHATKICH PICHOGʻI PARAMETRLARINI ASOSLASH

    Maqolada nishabli dalalarga ishlov beradigan va don ekadigan mashina yumshatkich pichogʻining nazariy va eksperimental tadqiqot natijalari keltirilgan. Yumshatkichning asosiy parametrlari asoslangan. Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari boʻyicha tuproqni kam energiya sarflagan holda sifatli uvalanishini taʼminlash uchun yumshatkich pichogʻining iskana tumshugʻiga nisbatan oʻrnatilish balandligi 15 sm, pichoq tigʻining yumshatkich harakat yoʻnalishiga nisbatan oʻrnatish burchagi 30-35° oraligʻida, qamrash kengligi 10 sm boʻlishi lozim

    #tuproq #eroziya #pichoq #nishabli yerlar #yumshatkich #panja #qamrash kengligi

Тестовой журнал - это издание освещающее происходящие изменения и обновления в области тестовых веб-сайтов

Связаться с нами

  • Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район Массив Бозсув 2, Дом 17а
  • +998-(93)-388-44-00
  • info@uzsci.uz

© 2024 UzSCI. Barcha huquqlar himoyalangan