Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?

Отправьте сейчас, и вы увидите свою статью на этой странице

Отправить сейчас
  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 27834 39

    “SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASI” KORXONASI OQOVA SUVLARINING ISSIQLIGINI UTILIZATSIYA QILISH SAMARADORLIGI

    Авторы:

    Toshmamatov Bobir Mansurovich

    Abduraxmanova Nasiba Kuchkarovna

  • “SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASI” KORXONASI OQOVA SUVLARINING ISSIQLIGINI UTILIZATSIYA QILISH SAMARADORLIGI

    Jahonda issiqlik va yoqilgʻi-energiya resurslarini boshqarishning energiya tejamkor tizimlarini yaratishda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (QTEM) foydalanish boʻyicha kuchli tendensiyalar kuzatilmoqda.
    Ushbu maqolada “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” (“Shoʻrtan GKM”) MChJning  ikkilamchi energiya manbalari (oqova suvlari)ning issiqligini QTEM va issiqlik nasosli qurilmalar (INQ) asosida utilizatsiya qilish orqali “Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi obyektlarini qoʻshimcha issiqlik energiyasi hamda tozalangan texnik suv bilan taʼminlash imkoniyati koʻrib chiqilgan. “Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi past haroratli oqova suvlari issiqligini utilizatsiya qilish va issiqlik taʼminoti tizimlarida foydalanish samaradorligini hisoblashda oqova suvlarining fizik- kimyoviy, texnologik parametrlari, oqova suvlarning miqdori va issiqlik quvvatlarini tajribaviy tadqiqot, issiqlik-texnik va hisoblash kabi anʼanaviy usullardan foydalanilgan. “Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi past haroratli oqova suvlari issiqlik quvvatini oshirish, texnologik jarayonlar uchun tozalangan texnik suv, korxona obyektlarini issiqlik bilan taʼminlash imkonini beradigan, past haroratli oqova suvlar issiqligini  quyosh-termik bugʻ kompressorlik issiqlik nasosi (BKIN) usulda utilizatsiya qilish, issiqlik va tozalangan texnik suv olishning texnologik sxemalari taklif qilingan boʻlib, ularning issiqlik quvvati va energiya samaradorligi asoslangan.
    Qashqadaryo viloyati meteorologik iqlim parametrlarini hisobga olib, taklif qilinayotgan “Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi past haroratli oqova suvlari issiqligini BKIN usulida utilizatsiya qilish natijasida yiliga 350⁓400 tonna shartli yoqilgʻi (koʻmir) tejalishiga erishiladi.

    #oqova suv #ikkilamchi energiya manbalari #issiqlik nasosli qurilmalar #parabolaslindrik quyosh konsentrator #issiqlik taʼminoti tizimi

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 27882 31

    BUGʻ KOMPRESSORLI ISSIQLIK NASOSINING ISSIQLIK-ENERGETIK PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH

    Авторы:

    Uzoqov G'ulom Norboyevich

    Elmurodov Nuriddin Sayitmurodovich

  • BUGʻ KOMPRESSORLI ISSIQLIK NASOSINING ISSIQLIK-ENERGETIK PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH

    Ushbu tadqiqot ishida past haroratli manba asosida ishlaydigan issiqlik nasosining termodinamik sikli va uning parametrlarini tajribada tadqiq qilish asosida, Qarshi shahri sharoitida binolarning energiya taʼminoti tizimlariga issiqlik nasoslarini joriy etishning energiya samaradorligi baholangan.

    Tajriba oʻtkazish jarayonlarida past haroratli manbaning toʻrtta 5 oC, 10 oC, 15 oC va 20 oC haroratlarida issiqlik nasosining energiya samaradorligi aniqlandi. Ishchi suyuqlik sifatida ozon uchun xavfsiz boʻlgan R134a freon ishlatilgan.

    Past haroratli issiqlik manbai harorati koʻtarilishi bilan issiqlik nasosining energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti ortishi kuzatildi. Tadqiqotlar davomida past haroratli manbaning turli haroratlarida issiqlik nasosining energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti qiymati 2,1 dan 3,5 gacha oʻzgarganligi aniqlandi. Shuningdek, 3,5 ga teng energiya oʻzgartirish koeffitsiyentiga  20 oC haroratli issiqlik manbadan foydalanilganda erishildi.

    Olib borilgan tajriba natijalari Qarshi shahri sharoitida past haroratli manbaning turli haroratlarida issiqlik nasosining energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti qiymati 2 dan katta boʻlganligi uchun issiqlik nasosini issiqlik taʼminoti tizimlarida qoʻllash samarali yechim ekanligini koʻrsatadi.  

    #entropiya #issiqlik nasosi #past haroratli manba #termodinamik sikl #entalpiya #energiya oʻzgartirish koeffitsiyenti

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 27883 21

    QAROR DARAXTI YORDAMIDA AVTOMASHINA OQIMINI BASHORAT QILISH

    Авторы:

    Rasulmuxamedov Maxamadaziz Maxamadaminovich

    Tashmetov Kamoliddin Shuxrat oʻgʻli

    Tashmetov Timur Shuxratovich

  • QAROR DARAXTI YORDAMIDA AVTOMASHINA OQIMINI BASHORAT QILISH

    Ushbu ishda Toshkent shahri halqa yoʻlining Bogʻishamol koʻchasi bilan kesishgan chorrahada transport oqimini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotning obyekti sifatida transport oqimi va uning dinamik koʻrsatkichlari, yaʼni intensivligi, zichligi va tezlik kabilar tadqiqot uchun oʻrganilgan va qayta ishlangan. Tadqiqotda qoʻyilgan asosiy masala, qaror daraxti yordamida transport oqimini bashorat qilish va buning asosida transport harakatini boshqarish masalalari olingan. Shu bilan birga ushbu ishda yoʻl harakatiga toʻsqinlik qiluvchi omillar tahlili va bu omillarni kamaytirish boʻyicha fikrlar keltirilgan. Tahlil natijalarida hozirgi kunda jadal rivojlanib kelayotgan yoʻnalishlarga alohida urgʻu berilib, bunda mashinani oʻrgatish, neyron tarmoqlari va intellektual transport tizimlari kabi texnologiyalarni transport sohasiga tobora kirib kelayotgani aniqlangan. Bu yoʻnalishlarning ichidan mashinani oʻqitish yoʻnalishining algoritmi, usuli va modellari tahlil qilingan. Qilingan tahlillar shuni koʻrsatdiki, qaror daraxti, tasodifiy oʻrmon va gradient boosting kabi modellar transport oqimini bashorat qilishda keng qoʻllanilishi maʼlum boʻldi. Ushbu ishda qaror daraxti yordamida ham Toshkent halqa yoʻli va Bogʻishamol koʻchasining yoʻllardagi transport oqimini bashorat qilish modeli yaxshi natijalarni koʻrsatdi. Bu koʻrsatkichni baholashda determinatsiya koeffitsiyenti   qoʻllanildi va uning koʻrsatkichi 92% ni koʻrsatdi. Bu bashorat uchun yaxshi koʻrsatkich ekanligi aniqlandi.

    #model #algoritm #bashorat #transport oqimi #tirbandlik #qaror daraxti #mashinani oʻrgatish modellari #determinatsiya koeffitsiyenti

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 27892 35

    SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASIDA IKKILAMCHI ISSIQLIK ENERGIYA RESURSLARI POTENSIALINI HISOBLASH METODIKASI

    Авторы:

    Uzoqov G'ulom Norboyevich

    Toshmamatov Bobir Mansurovich

    Abduraxmanova Nasiba Kuchkarovna

  • SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASIDA IKKILAMCHI ISSIQLIK ENERGIYA RESURSLARI POTENSIALINI HISOBLASH METODIKASI

    Gazni qayta ishlash korxonasining energiya samaradorligini oshirish, ikkilamchi energiya resurslari potensialini aniqlash va korxonaning energiya balansida ishlatish boʻyicha texnik yechimlar ishlab chiqish dolzarb masalalar hisoblanadi. Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining energiya balansi tahlili shuni koʻrsatadiki, texnologik jarayonlarda 65% issiqlik energiyasi, 8÷10% elektr energiyasi va 25÷27% gaz sarf qilinadi. Natijada, atrof-muhitni ifloslantiradi va atrof-muhitga muqarrar yoʻqotilishi mumkin boʻlgan ikkilamchi energiya (tutun gazlari, ikkilamchi bugʻlar, oqova suvlar,...) oqimlari yuzaga keladi. Shu sababli, ikkilamchi energiya resurslarini qayta ishlatish, yaʼni utilizatsiya qilish energiya samaradorlikni oshirishni asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot ishining maqsadi gazni qayta ishlash korxonasida ikkilamchi energiya resurslarining miqdori, energetik quvvatini aniqlash, korxonaning umumiy energiya balansida ishlatish imkoniyatlarini baholash hamda qoʻshimcha yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash hamda zaxiralarini asoslashdan iborat.

    Maqolada sanoat korxonalari va obyektlarining energiya balansi va termodinamik tahlil usullari hamda issiqlik texnikasining asosiy qonunlari asosida ikkilamchi energiya resurslarining issiqlik quvvati va energiya potensiali aniqlangan. “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” (“Shoʻrtan GKM”) MChJ korxonasi misolida ikkilamchi energiya resurslarining potensiali termodinamik tahlil qilingan. Ikkilamchi energiya resurslar(IER)ini utilizatsiya qilish natijasida korxonada katta miqdorda yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash imkoniyatlari baholangan. Issiqlik ikkilamchi energiya resurslarini issiqlik quvvatlari hisoblash metodikasi, hisoblash natijalari va IERni tarkibiy diagrammalari keltirilgan. 

    “Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasining IER energiya potensiali tahlili shuni koʻrsatadiki, tutun gazlari bilan atrof-muhitga chiqariladigan issiqlik yuqori 9,0÷10,0 MVt ni tashkil etadi. Dastlabki nazariy tadqiqotlar oqova suvlarning past potensialli issiqligini utilizatsiya qilish natijasida 2,0÷2,7 MVt qoʻshimcha issiqlik energiyasi olish imkoniyati mavjudligi koʻrsatdi.

    #tutun gazlari #: gaz kimyo majmuasi #ikkilamchi energiya resurslari #energiya tejamkorlik #oqova suvlar #yoqilgʻi-energiya resurslari #issiqlik quvvati

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 27895 14

    ELEKTR YURITMALARNI CHASTOTA O‘ZGARTIRGICHLAR YORDAMIDA ISHGA TUSHIRISH ORQALI ENERGIYA SAMARADORLIGI VA ISHONCHLILIGINI OSHIRISH

    Авторы:

    Norboyev Anvar Eshmo'minovich

  • ELEKTR YURITMALARNI CHASTOTA O‘ZGARTIRGICHLAR YORDAMIDA ISHGA TUSHIRISH ORQALI ENERGIYA SAMARADORLIGI VA ISHONCHLILIGINI OSHIRISH

    . Ushbu maqolada elektr yuritmalarning energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha eksperiment tadqiqotlari va ularning natijalari tahlili keltirilgan.

    Eksperiment tadqiqotlarda elektr yuritmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish hamda chastota o‘zgartirgich orqali ishga tushirishda olingan natijalar qiyosiy tahlil etilgan.

    Tadqiqot 22 kVt quvvatli elektr dvigatelida amalga oshirilgan. Olingan natijalar grafik asosida keltirilgan. Natijalar tahlili grafoanalitik usul asosida tadqiq etilgan. Elektr yuritmalar chastota o‘zgartirgich orqali ishga tushirilganda uning energiya samaradorligi hamda ishonchliligiga ta’siri eksperiment natijalari asosida baholangan.

    Elektr yuritmani chastota o‘zgartirgich yordamida ishga tushirish bo‘yicha olib borilgan eksperiment natijalari asosida energiya samaradorligi 23% ga hamda uning ishonchliligi 26% gacha oshishi ilmiy asoslangan.

    #kuchlanish #faza #quvvat #ishonchlilik #tok #elektr yuritma #elektr energiya #enegiya samaradorlik #elektr dvigatel #chastota o‘zgartirgich #garmonika

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 27897 29

    PROBLEMS OF HYDRAULIC CALCULATION OF EARTHEN CHANNELS

    Авторы:

    Rahmatov Mahmud Ismatovich

    Xazratov Alisher Normurodovich

  • PROBLEMS OF HYDRAULIC CALCULATION OF EARTHEN CHANNELS

    The main task of the design of earthen channels is to calculate the dimensions of the stable channel shape in which irreversible deformation of the channel cross-section does not occur. This article provides information on calculating the hydraulic parameters of a stable channel shape in the design of earthen channels in which channel deformation does not occur.

    In this case, the need to adopt dynamic stable channel parameters that can work in harmony with nature through the method of checking the dynamic stability of the channel with the help of hydraulic modeling programs is based on modeling using HEC-RAS software and field-experience data.

    Based on the research results, a new approach is required in the hydraulic calculation for the design of the earthen canals, taking into account the changing nature of the flow and discharge. Taking into account the natural increase of the bottom slope of the deformed channel bed due to sediment deposition, it is suggested to strengthen the side embankments of the channel and choose the flow slope that ensures the balance of the sediment balance.

    The essence of the proposed method consists in adopting dynamic stable channel parameters that are in harmony with nature and do not require continuous cleaning and repair works in the calculation of earthen channels. For this, it is necessary to model the sediment transport with the help of hydraulic modeling programs of the earthen channels

    #dynamic stable channel #hydraulic calculation of earthen channels #suspended sediment concentration #channel deformation

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 28004 22

    GORIZONTAL QUVURLARDAGI QATLAMLI GAZ-SUYUQLIK ARLASHMASI OQIMI

    Авторы:

    Avlakulov Abdimajit Meyliyevich

    Babajanova Iroda Yuldashovna

    Babajanov Yuldosh Tilovatovich

  • GORIZONTAL QUVURLARDAGI QATLAMLI GAZ-SUYUQLIK ARLASHMASI OQIMI

    Quvurlardagi gaz-suyuqlik aralashmalari oqimining gidrodinamik hisoblari sohasidagi tadqiqotlar koʻplab tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan. Ular gaz-suyuqlik oqimlarining turli gidravlik va gidrodinamik xususiyatlarini nazariy va eksperimental jihatdan oʻrganganlar. Biroq, bu ishlarda olingan parametrlar ikki fazali oqimni tavsiflovchi koʻp sonli oʻzgaruvchilar bilan bogʻliq xatoga ega. Shuning uchun, ushbu maqola quvur liniyasidagi qatlamli oqim tuzilishi uchun hisoblangan bogʻliqliklarni matematik tavsiflashga qaratilgan maqsadni qoʻyadi. Bunday holda, ishning maqsadi gorizontal quvur liniyalarida yoki qatlamli oqim tuzilishi bilan nishab burchagining nisbatan kichik qiymatlari bilan ikki fazali oqim va bosim yoʻqolishining hisoblangan parametrlarini aniqlashdir

    #tezlik #aralashma #qatlamli tuzilish #bosimning yoʻqolishi #gorizontal quvur liniyasi #haqiqiy gaz miqdori

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 28006 22

    SOʻROVLARGA XIZMAT KOʻRSATISHDA VEB SERVERLARNING SAMARADORLIGINI ANIQLASH

    Авторы:

    Abdullayev Eldor Saʼdulla oʻgʻli

  • SOʻROVLARGA XIZMAT KOʻRSATISHDA VEB SERVERLARNING SAMARADORLIGINI ANIQLASH

    Veb saytlarning hozirgi kundagi barcha tarmoqlarda keng qoʻllanilishi ularga boʻlgan soʻrovlarning tobora ortib borishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa yuqori soʻrovlar jarayonida ularga xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish bilan bogʻliq ilmiy izlanishlarni tobora kengaytirmoqda. Ushbu jarayonda soʻrovlarga xizmat koʻrsatishda veb serverlar asosiy oʻrin egallaydi. Ushbu maqolada turli veb serverlarda oʻrnatilgan masofaviy platformalarning soʻrovlarga javob berishi sinovdan oʻtkazilgan hamda klient va server orasidagi kechikish koʻrsatkichlari, soʻrovlarni qabul qilish va rad etish koʻrsatkichlari boʻyicha tahlillar amalga oshirilgan. Shuningdek, lokal tarmoq orqali Apache va Nginx veb serverlarida odatiy va optimallashtirilgan sozlamalar ustida sinovlar oʻtkazilgan. Bunda, Apache va Nginx veb serverlarining optimallashtirilgan sozlamalari tizim serverining texnik imkoniyatlariga moslashtirilgan holda amalga oshirilgan. Olingan natijalarga koʻra Nginx veb serverining samaradorligi yuqoriroq ekanligi aniqlangan.

    #veb server #Apache #Nginx #ulanish kechikishi #takomillashtirilgan veb server sozlamasi

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 28010 24

    УПРАВЛЕНИЕ ЭНЕРГИЕЙ И ХРАНЕНИЕ В ФОТОЭЛЕКТРИЧЕСКИХ СИСТЕМАХ: ОБЗОР СОВРЕМЕННЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ И РАЗРАБОТОК

    Авторы:

    Komilov Asliddin G'ulomovich

    Asanova Sayyora Kalbay qizi

  • УПРАВЛЕНИЕ ЭНЕРГИЕЙ И ХРАНЕНИЕ В ФОТОЭЛЕКТРИЧЕСКИХ СИСТЕМАХ: ОБЗОР СОВРЕМЕННЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ И РАЗРАБОТОК

    . В статье рассматриваются современные исследования и разработки в области управления энергией и её хранения в контексте фотоэлектрических систем (PV). Основное внимание уделяется методам хранения энергии, таким как электрические и тепловые системы, и способам управления реактивной мощностью, напряжениями и частотой в сетях с высокой долей солнечной генерации. Обзор подчеркивает необходимость эффективных и экономически выгодных систем накопления энергии и интеллектуального управления спросом для полной интеграции PV систем в сеть и обеспечения её стабильности.

    Методы включают анализ систем накопления энергии, исследование управления реактивной мощностью и частотой, использование машинного обучения для прогнозирования мощности и оптимизации управления энергосистемами, а также моделирование в MATLAB/Simulink. Материалы состоят из данных о погодных условиях, результатов экспериментов на солнечных PV электростанциях и технической литературы по управлению энергией и её хранением.

    Результаты включают анализ подходов к хранению энергии, разработку стратегий активного управления мощностью (APC) для стабилизации частоты в сетях с PV генерацией, методы прогнозирования мощности на основе машинного обучения, оценку систем хранения и управления для улучшения интеграции PV систем, а также демонстрацию улучшения прогнозирования и оптимизации работы энергосистем благодаря интеллектуальным методам управления.

    Управление энергией и её хранение являются ключевыми для успешной интеграции фотоэлектрических систем в энергосети. Развитие эффективных систем накопления энергии и интеллектуальных методов управления позволяет сглаживать переменчивость солнечной генерации и обеспечивать стабильность сети.

    #реактивная мощность #Машинное обучение #фотоэлектрические системы (PV) #стабильность сети #хранение энергии

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 28013 25

    QUYOSH FOTOPANELLARINING SAMARADORLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLARNI TADQIQ QILISH

    Авторы:

    Raxmatov Obid Ibod o'g'li

    Safarov Alisher Bekmurodovich

  • QUYOSH FOTOPANELLARINING SAMARADORLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLARNI TADQIQ QILISH

    Energetika xavfsizligi va ekologik muammolarni barqarorlashtirishda quyosh fotoelektr qurilmalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontinental oʻzgaruvchan iqlim sharoitlarida quyosh fotoelektr qurilmalarning samaradorligiga taʼsir qiluvchi omillarni ilmiy asoslashga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston iqlim sharoitlarida quyosh fotoelektr qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash va ularning samaradorligini oshirish dolzarb ilmiy-texnik masalalardan hisoblanadi.

    Quyosh fotoelektr qurilmalari samaradorligining quyosh radiatsiyasi, tashqi harorat, shamol tezligi va quyosh panellari sirtining changlanganlik miqdoriga bogʻliqlik matematik modellari keltirilgan. Modellashtirish Matlab/Simulink tizimida amalga oshirilgan.

    Tashqi harorat 25 oC va quyosh radiatsiyasi 1000 W/m2 boʻlganda fotopanelning quvvati maksimal 200 W ga, agar harorat 75 oC boʻlganda taxminan chiqish quvvati 110 W ga teng boʻlishi oʻrganilgan. Oʻtkazilgan tajribalar quyosh fotopanellari sirtining changlanganlik miqdori taxminan 0,1 gr/m2 boʻlganda qurilmaning foydali ish koeffitsiyenti maksimal 16 %, agar 80 gr/m2 boʻlganda qurilmaning samaradorligi 4% gacha pasayishini koʻrsatdi. Shamol tezligi juda kichik boʻlganda quyosh fotopanellarining harorati 72 oC, shamol tezligi 25 m/s boʻlganda harorat pasayishi 48 oC boʻlishi aniqlangan.

    Oʻzgaruvchan iqlim sharoitlarida quyosh panellari sirtini changdan tozalash va qizishdan saqlash orqali quyosh fotoelektrik qurilmalarning energiya samaradorligini 20…30% gacha oshirish imkoniga ega boʻlishi asoslangan.

    #harorat #shamol tezligi #quyosh radiatsiyasi #quyosh fotoelektr qurilmasi #chang miqdori

Тестовой журнал - это издание освещающее происходящие изменения и обновления в области тестовых веб-сайтов

Связаться с нами

  • Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район Массив Бозсув 2, Дом 17а
  • +998-(93)-388-44-00
  • info@uzsci.uz

© 2024 UzSCI. Все права защищены