Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?

Отправьте сейчас, и вы увидите свою статью на этой странице

Отправить сейчас
  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 25932 75

    ФОРМИРОВАНИЕ ДИФФУЗИОННОГО НИТРИД-ОКСИДНОГО СЛОЯ ПРИ ГАЗОВОМ АЗОТИРОВАНИИ С ПОСЛЕДУЮЩЕМ ПАРООКСИДИРОВАНИЕМ

    Авторы:

    Eshkabilov Xolikul Karshiyevich

  • ФОРМИРОВАНИЕ ДИФФУЗИОННОГО НИТРИД-ОКСИДНОГО СЛОЯ ПРИ ГАЗОВОМ АЗОТИРОВАНИИ С ПОСЛЕДУЮЩЕМ ПАРООКСИДИРОВАНИЕМ

    В статье на основе существующих теорий диффузионных процессов поверхностного упрочнения рассматривается получение композиционного азотированного слоя при кратковременном газовом азотировании в атмосфере диссоцированного аммиака, при последующем процессе парооксидирования, который подвергается структурным и фазовым изменениям за счёт поверхностного деазотирования и диссоциации высокоазотистого нитридного слоя с образованием низших нитридных и карбонитридных фаз. Выясняется, что в азотированном слое с морфологической текстурой в период парооксидировании возникает неравновесное состояние в упрочнённом слое. Изучены условия получения нитридного слоя с кристаллографической текстурой на первой стадии процесса азотирования, который позволяет получить равномерную тонкую поверхностную оксидную плёнку, состоящую практически из одного магнетита Fe3O4, на второй стадии процесса парооксидирования за счёт деазотирования нитридного слоя. На этой стадии одновременно достигается изменение соотношений нитридных фаз в азотированном слое в результате реакционной диффузии азота при диссоциации высокоазотистого нитрида с образованием модифицированных нитридов за счёт легировании кислородом из атмосферы и углеродом из матрицы стали. Установлено, что оксидированием нитридного слоя в парах воды с получением поверхностного диффузионного нитрид-оксидного слоя можно достичь необходимых структурно-фазовых состояний поверхности с различными составами композиций легированных нитридных фаз на среднеуглеродистых сталях

    #атомная диффузия #реакционная диффузия #высокоазотистый нитрид #деазотирование #карбонитрид

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 25957 90

    TASHQI KONDENSATORLI QUYOSH SUV CHUCHUTGICH QURILMALARINING ZAMONAVIY HOLATI TAHLILI

    Авторы:

    Aliyarova Lola Abdijabborovna

    Raximov Nurbek Zokirovich

  • TASHQI KONDENSATORLI QUYOSH SUV CHUCHUTGICH QURILMALARINING ZAMONAVIY HOLATI TAHLILI

    Jahonda shо‘r suvdan chuchuk suv olishning turli usullari qо‘llaniladi. Chuchuklantirish jarayoniga katta miqdordagi energiya talab etilganligi sababli, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan quyosh energiyasidan foydalanib chuchuk suv olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Quyosh suv chuchutgichlarining unumdorligi quyosh nurlanish intensivligi, shamol tezligi, bug‘latish kamerasidagi suv sathiga va shaffof qoplamani о‘rnatilish burchagiga bog‘liq bо‘lib, ushbu omillarni tо‘g‘ri tanlash orqali quyosh suv qurilmalarining unumdorligini optimallashtirish mumkin. Shuningdek quyosh suv chuchutgich qurilmalarida bug‘ni kondensatsiyalanish tezligini oshirish yordamida ham unumdorlikni oshirish mumkin. Ushbu tadqiqot ishida quyosh chuchutgich qurilmasida kondensatsiyalanish tezligini oshirish hisobiga unumdorlikni oshirishning tо‘rtta usuli taklif etilgan. Ushbu usullar bо‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining tahlili hamda usullarni unumdorlikka ta’sirlarini qiyosiy natijalari keltirilgan. Ushbu tadqiqot ishida keltirilgan ma’lumotlardan quyosh suv chuchutgich qurilmalarining unumdorligini oshirishda foydalanish mumkin.

    #unumdorlik #shо‘r suv #chuchuk suv #quyosh suv chuchutgich #suv sathi #kondensatsiyalanish tezligi

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 25959 79

    BILVOSITA QUYOSH QURITGICHINING QUYOSH HAVO KOLLEKTORIDAGI HAVO HARORATINING О‘ZGARISHINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

    Авторы:

    Ibragimov Umidjon Xikmatullayevich

    Ro'ziqulov G'ulom Yusupovich

    Ergashev Shahriyor Hamidullayevich

  • BILVOSITA QUYOSH QURITGICHINING QUYOSH HAVO KOLLEKTORIDAGI HAVO HARORATINING О‘ZGARISHINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

    Hozirgi vaqtda bilvosita quyosh quritgichlari qishloq xо‘jalik mahsulotlarini quritishda keng qо‘llaniladi. Quyosh havo kollektori bilvosita quyosh quritgichlarining asosiy jihozlaridan biri bо‘lib, quritgichga uzatilayotgan havoni zarur haroratgacha qizdirib berish uchun xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot ishida bilvosita quyosh quritgichi uchun ishlab chiqilgan quyosh havo kollektoridan oqib о‘tayotgan havo haroratini о‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan matematik model taklif etilgan va matematik model bо‘yicha olingan nazariy natijalar tajribaviy tadqiqot natijalari bilan yetarlicha mos kelishi asoslangan. Shuningdek yilning may-oktabr oylarining xarakterli kunida о‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va ularni tahlili keltirilgan

    #harorat #quyosh radiatsiyasi #quyosh quritgichi #quyosh havo kollektori #havo #issiqlik miqdori

  • ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ ID: 25961 66

    SOFTWARE FOR ASSESSING THE QUALITY OF EDUCATIONAL INFORMATION SYSTEMS ON THE BASIS OF FUZZY KONETIVE MODELING

    Авторы:

    Kalandarov Ilyos Ibodullayevich

    Sulyukova Larisa Faritovna

    Yorkulov Bekhzod Abdugabbarovich

  • SOFTWARE FOR ASSESSING THE QUALITY OF EDUCATIONAL INFORMATION SYSTEMS ON THE BASIS OF FUZZY KONETIVE MODELING

    The paper considers the problem of assessing the quality of educational information systems (EIS) in the context of the digital transformation of society. An algorithm for determining the quality of information systems based on expert information is proposed. This approach differs in that it allows one to formalize qualitative assessments of the state of the system using the theory of fuzzy sets. The fuzzy quality assessment models included in the methodology, as well as the algorithms corresponding to them, allow, based on expert data, to assess the quality of educational information systems at the stage of their development, implementation and use. The implementation of the methodology makes it possible to increase the efficiency of the quality management process of educational information systems and the educational process as a whole. The article considers the use of a software package for the analysis and evaluation of the quality of educational information systems. The developed software product implements the following declared functions: assessment of the initial level of quality of the intellectual property; assessment of the possible level of quality of intellectual property in the event of attacks on the information resources of institutions

    #educational information system #quality of information systems

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25963 68

    LALMIKORLIKNING TOG‘ OLDI MINTAQASIDA QATTIQ BUG‘DOY EKISH MUDDATI VA ME’YORLARI

    Авторы:

    Bobomirzaev Pirnazar Xursanavich

    Xursanavich Mahliyo Xolibek qizi

  • LALMIKORLIKNING TOG‘ OLDI MINTAQASIDA QATTIQ BUG‘DOY EKISH MUDDATI VA ME’YORLARI

    Ushbu maqolada Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasida qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reestriga lalmikor yerlarda ekish uchun kiritilgan Langar navining maqbul ekish muddati va me’yorlarini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish maqsad qilib qo‘yilgan. Tadqiqotni olib borish va fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslublar asosida olib borildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ilk bor qattiq bug‘doy yangi Langar navini ekish muddati va me’yori Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasi sharoitida maqbullashtirilgan; lalmikorlikda qattiq bug‘doyning iqtisodiy jihatdan samarali maqbul ekish muddati va me’yorlarida o‘simlikning dala unuvchanligi, mahsuldor va umumiy tuplanish, o‘simliklarning qishga va yotib qolishga chidamliligi qiyosiy jihatdan aniqlangan; qattiq bug‘doyni 21-oktabrda gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekilganda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi bois eng yuqori mahsuldor tuplanish 2,09 dona va 1 m2 dagi mahsuldor poyalar 230,5 dona shakllanishi aniqlangan.Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ekish muddatlarining kechikib va me’yorlarining oshib borishi bilan o‘suv davri qisqarib boradi. Qattiq bug‘doyning Langar navidan mo‘l va sifatli hosil olish uchun maqbul ekish muddati 21-oktabrida gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekish hamda ekish muddati kechikishi bilan (11.11), (1.12) ekish me’yorini gektariga 3,5 mln. unuvchan urug‘gacha oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tajribalar natijalari tahlil qilinib yakunida xulosalar berilgan.

    #don #lalmikor yerlar #tog‘ oldi mintaqasi #to‘q tusli bo‘z tuproq #qattiq bug‘doy #Langar navi #ekish muddati #me’yori #rivojlanish fazalari #o‘sish davri

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25964 78

    SOYANI YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH SAMARADORLIGI

    Авторы:

    Nurmatov Sherali Nurmatovich

    Xusanbayeva Xusnora Sabirjanovna

  • SOYANI YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH SAMARADORLIGI

    Ushbu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” navini parvarishlashda yomg‘irlatib sug‘orish usulining tuproqdagi hajm massasi, tuproqdagi g‘ovakligi, tuproqdagi suv o‘tkazuvchanligi, soyaga berilgan sug‘orish muddati, sug‘orish me’yori, mavsumiy sug‘orish meyorlari, soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirining tahliliy ma’lumotlari bayon etilganligi bilan izohlanadi.

    #soya navi #yomg‘irlatib sug‘orish usuli #tuproqning hajm massasi #tuproqning g‘ovakligi #tuproqning suv o‘tkazuvchanligi #cheklangan dala nam sig‘imi #sug‘orish me’yori #sug‘orish muddatlari #mavsumiy sug‘orish me’yori

  • ЭКОНОМИКА ID: 25966 67

    INNOVATSIYA - QISHLOQ XO‘JALIGI SAMARADORLIGINI VA DAROMADLARINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILI

    Авторы:

    Burkhanov Alisher Hadjimurodovich

  • INNOVATSIYA - QISHLOQ XO‘JALIGI SAMARADORLIGINI VA DAROMADLARINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILI

    Maqolada innovatsiya qishloq xo‘jaligi samaradorligi va daromadlarini oshirishning omili ekanligi nazariy va amaliy yondoshuvlar asosida bayon qilingan. Maqolaning maqsadi - qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning nazariy asoslari va potentsial imkoniyatlarini baholash. Mavjud imkoniyatlarni tizimlashtirish, davlatning bu boradagi tashabbuslarini oshirish masalalari bayon etilgan. Qishloq xo‘jaligini innovatsion mahsulotlar hajmi va ushbu soha bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar dinamikasi tahlil qilingan. Qishloq xo‘jaligida innovatsiya yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlari tasnifi keltirilgan. Qishloq xo‘jaligida innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi dinamikasi tahlil qilingan. Maqolada tahlillar natijalarida, qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rivojlantirish holatini baholash natijalari sohani qo‘llab-quvvatlash zaruriyati ochib berilgan. Shu o‘rinda, mavjud muammolar bayon qilingan. Xususan, innovatsion mahsulotlar uchun to‘lov qobiliyatiga bo‘lgan talabning past darajasi, tashqi bozorlarda ichki ishlanmalarning zaif raqobatbardoshligi, xorijiy ilmiy-texnikaviy yechimlar va texnologiyalarni sotib olish uchun yetakchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini yo‘naltirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridagi innovatsiyalar rivojlanishini rag‘batlantirishning past sharoitida ilmiy va innovatsion faoliyatning zaif mexanizmi kabilar keltirib o‘tilgan Shuningdek, maqolada qishloq xo‘jaligini samaradorligini oshirishni manbasi sifatida o‘simlikchilikda hosildorlikni, chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish innovatsion yo‘llari ochib berilgan.

    #innovatsiya #qishloq xo‘jaligi #samaradorlik #potensial imkoniyatlarni baholash

  • ЭКОНОМИКА ID: 25969 71

    ПРИОРИТЕТЫ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ: ВЫЗОВЫ, УГРОЗЫ И РИСКИ

    Авторы:

    Sidorov Victor Alexandrovich

    Tursunov Imomnazar Egamberdievich

  • ПРИОРИТЕТЫ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ: ВЫЗОВЫ, УГРОЗЫ И РИСКИ

    В статье рассмотрены итоги значимого для всего постсоветского экономического пространства научного форума, посвященного анализу тенденций развития социально-экономических процессов в рыночном обществе, объективных условий и механизмов устойчивости экономики в условиях турбулентности, открытого образовательного пространства и поиску направлений приоритетного развития. Значительное место отводится вопросам инновационного общества, социальной направленности менеджмента, международных коммуникаций, информационнокоммуникационных технологий, рационализации цифровой архитектуры, расширения сферы применения информационных технологий в инновационных процессах. Основное внимание уделено императивам решения исследовательских политэкономических задач, ориентированных на системный подход в осмыслении векторов нестабильности, несущих угрозы сложившемуся хозяйственному порядку

    #инвестиции #инновации #менеджмент #угрозы #санкции #цифровая экономика #риски #рыночное хозяйство

  • ЭКОНОМИКА ID: 25971 75

    QISHLOQ XO‘JALIGI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION TASHKIL ETUVCHILARI

    Авторы:

    Rasulov Sodiq Sa'dullayevich

  • QISHLOQ XO‘JALIGI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION TASHKIL ETUVCHILARI

    Maqolada qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni izchil joriy qilish orqali qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha baholash, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari innovatsion tarkibining konseptual modellari, O‘zbekistondagi institutsional muhitning maqsadli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar berilgan

    #innovatsiya #qishloq xo‘jaligi #intensiv rivojlantirish #innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish #innovatsion komponent #integratsion tuzilmalar #konseptual model

  • ЭКОНОМИКА ID: 25972 61

    TURIZMDA INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLABQUVVATLASHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

    Авторы:

    Jabborova Zuhra Abdigani qizi

  • TURIZMDA INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLABQUVVATLASHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

    Maqolada turizm xizmatlari sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘nalishlari va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda innovatsion texnologiyalar, ularning mazmuni, qo‘llanilishi va samaradorligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan

    #3D #innovatsiya #investitsiya #innovatsion faoliyat #elektron tijorat #rentabellik #turizm xizmatlari #davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Тестовой журнал - это издание освещающее происходящие изменения и обновления в области тестовых веб-сайтов

Связаться с нами

  • Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район Массив Бозсув 2, Дом 17а
  • +998-(93)-388-44-00
  • info@uzsci.uz

© 2024 UzSCI. Все права защищены