Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?
Вы хотите опубликовать свою статью в следующих выпусках?

Отправьте сейчас, и вы увидите свою статью на этой странице

Отправить сейчас
  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25680 88

    ШИРИН МАККАЖЎХОРИ ЎСИМЛИГИНИ ЕТИШТИРИШДА ҚЎЛЛАНИЛГАН ЎҒИТ МЕЪЁРЛАРИНИНГ ЎСУВ ДАВРИГА ТАЪСИРИ

    Авторы:

    Sarmonov Sherzod Shermaxmatovich

    Fayzullayeva Durdona Ulug'bekovna

    Xayriddinov Akmal Botirovich

  • ШИРИН МАККАЖЎХОРИ ЎСИМЛИГИНИ ЕТИШТИРИШДА ҚЎЛЛАНИЛГАН ЎҒИТ МЕЪЁРЛАРИНИНГ ЎСУВ ДАВРИГА ТАЪСИРИ

    Ушбу мақолада Қашқадарё вилоятининг суғориладиган майдонлари, очтусли бўз тупроқ иқлим шароитларида ширин маккажўхорининг «Мазза» ва «Замон» навларини асосий экин сифатида экилганда экиш схемаси ва мақбул ўғитлаш меъёри ўрганилган. Тажрибаларда фенологик кузатувлар олиб борилганда, экиш схемаси ва минерал ўғитларнинг меъёри билан озиқлантириш ширин маккажўхори навларида мақбул ҳосил элементларини тўпланишини таъминлаган

    #дон #маккажўхори #ривожланиш фазалари #вариант #униб чиқиш #ўғит меъёри #асосий #маккажўхори навлари #экиш тизими #ўсув даври

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25681 100

    РЕСУРСТЕЖАМКОР ТЕХНОЛОГИЯ АСОСИДА МАҲСУЛОТ ЕТИШТИРИШ ДАВР ТАЛАБИ

    Авторы:

    Nurbekov Aziz Isroilovich

    Uzoqov G'ulomjon Oqbo'tayevich

    Avlaqulova Moxigul Meyliyevna

  • РЕСУРСТЕЖАМКОР ТЕХНОЛОГИЯ АСОСИДА МАҲСУЛОТ ЕТИШТИРИШ ДАВР ТАЛАБИ

    Мақолада кузги юмшоқ буғдой ҳосилидан бўшаган майдонга такрорий экин сифатида тариқ ва мош экинларини турли экиш усуллари ҳамда меъёрларининг уруғларнинг дала унувчанлиги ҳамда униб чиқиш давомийлигига боғлиқлиги келтирилган. Такрорий экилган мошнинг “Дурдона” нави экиш усуллари ва меъёрларидан қатъий назар 5 кун муддатда тўлиқ униб чиққан бўлса, тариқнинг “Саратовская-853” нави ерга ишлов берилмасдан экилганда 7 кунда, чизеллаб экиш ва шудгорлаб экиш вариантларида 8 кунда униб чиқиши аниқланган.

    #мош #нав #кузги юмшоқ буғдой #тариқ #Дурдона #Саратовский-853

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25682 90

    LALMIKORLIK SHAROITIDA QATTIQ BUG‘DOYNING YANGI “MINGCHINOR” NAVI DON HOSILDORLIGINING EKISH MUDDATLARI VA ME’YORLARIGA BOG‘LIQLIGI

    Авторы:

    Qarshiyev Alisher Eshmamatovich

  • LALMIKORLIK SHAROITIDA QATTIQ BUG‘DOYNING YANGI “MINGCHINOR” NAVI DON HOSILDORLIGINING EKISH MUDDATLARI VA ME’YORLARIGA BOG‘LIQLIGI

    Ушбу мақолада қаттиқ буғдойнинг янги Мингчинор навини лалмикор шароитида етиштиришда ҳосилдорликни экиш муддати ва меъёрларига боғлиқлигини ўрганилди ҳамда қулай экиш муддати ва меъёрларини тавсия этилганлиги бўйича тадқиқот натижалар берилган.

    #экиш муддати #экиш меъёри #нав #қаттиқ буғдой #лалми шароит #Мингчинар

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25683 83

    ҚИСҚА НАВБАТЛИ АЛМАШЛАБ ЭКИШ ТИЗИМИДА ТАКРОРИЙ ВА ОРАЛИҚ ЭКИНЛАРНИНГ ҒЎЗА ҲОСИЛДОРЛИГИГА ТАЪСИРИ

    Авторы:

    Xalikov Baxodir Meylikovich

    Bozorov Xolmurod Maxmudovich

    Qaxorova Nazokat Poyonovna

  • ҚИСҚА НАВБАТЛИ АЛМАШЛАБ ЭКИШ ТИЗИМИДА ТАКРОРИЙ ВА ОРАЛИҚ ЭКИНЛАРНИНГ ҒЎЗА ҲОСИЛДОРЛИГИГА ТАЪСИРИ

    Мақолада Жиззах вилоятининг ўтлоқи бўз тупроқлари шароитида оралиқ экин сифатида эспарцет ва клевер экинлари, кузги буғдойдан сўнг такрорий экин соя экилган ва экилмаган фонда алоҳида ҳамда аралаш ҳолда парваришлашнинг ғўза ҳосилдорлигига таъсири бўйича тадқиқот натижалари баён этилган.

    #клевер #такрорий экин #соя #кўк масса #оралиқ экинлар #эспарцет

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25963 68

    LALMIKORLIKNING TOG‘ OLDI MINTAQASIDA QATTIQ BUG‘DOY EKISH MUDDATI VA ME’YORLARI

    Авторы:

    Bobomirzaev Pirnazar Xursanavich

    Xursanavich Mahliyo Xolibek qizi

  • LALMIKORLIKNING TOG‘ OLDI MINTAQASIDA QATTIQ BUG‘DOY EKISH MUDDATI VA ME’YORLARI

    Ushbu maqolada Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasida qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reestriga lalmikor yerlarda ekish uchun kiritilgan Langar navining maqbul ekish muddati va me’yorlarini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish maqsad qilib qo‘yilgan. Tadqiqotni olib borish va fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslublar asosida olib borildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ilk bor qattiq bug‘doy yangi Langar navini ekish muddati va me’yori Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasi sharoitida maqbullashtirilgan; lalmikorlikda qattiq bug‘doyning iqtisodiy jihatdan samarali maqbul ekish muddati va me’yorlarida o‘simlikning dala unuvchanligi, mahsuldor va umumiy tuplanish, o‘simliklarning qishga va yotib qolishga chidamliligi qiyosiy jihatdan aniqlangan; qattiq bug‘doyni 21-oktabrda gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekilganda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi bois eng yuqori mahsuldor tuplanish 2,09 dona va 1 m2 dagi mahsuldor poyalar 230,5 dona shakllanishi aniqlangan.Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ekish muddatlarining kechikib va me’yorlarining oshib borishi bilan o‘suv davri qisqarib boradi. Qattiq bug‘doyning Langar navidan mo‘l va sifatli hosil olish uchun maqbul ekish muddati 21-oktabrida gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekish hamda ekish muddati kechikishi bilan (11.11), (1.12) ekish me’yorini gektariga 3,5 mln. unuvchan urug‘gacha oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tajribalar natijalari tahlil qilinib yakunida xulosalar berilgan.

    #don #lalmikor yerlar #tog‘ oldi mintaqasi #to‘q tusli bo‘z tuproq #qattiq bug‘doy #Langar navi #ekish muddati #me’yori #rivojlanish fazalari #o‘sish davri

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 25964 78

    SOYANI YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH SAMARADORLIGI

    Авторы:

    Nurmatov Sherali Nurmatovich

    Xusanbayeva Xusnora Sabirjanovna

  • SOYANI YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH SAMARADORLIGI

    Ushbu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” navini parvarishlashda yomg‘irlatib sug‘orish usulining tuproqdagi hajm massasi, tuproqdagi g‘ovakligi, tuproqdagi suv o‘tkazuvchanligi, soyaga berilgan sug‘orish muddati, sug‘orish me’yori, mavsumiy sug‘orish meyorlari, soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirining tahliliy ma’lumotlari bayon etilganligi bilan izohlanadi.

    #soya navi #yomg‘irlatib sug‘orish usuli #tuproqning hajm massasi #tuproqning g‘ovakligi #tuproqning suv o‘tkazuvchanligi #cheklangan dala nam sig‘imi #sug‘orish me’yori #sug‘orish muddatlari #mavsumiy sug‘orish me’yori

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 26105 52

    ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРИМЕНЕНИЯ БИОЛОГИЧЕСКОГО ПРЕПАРАТА «ИВАН ОВСИНСКИЙ- ФУЛЬВОГУМАТ» НА ХЛОПЧАТНИКЕ СОРТА «БУХАРА-6» В УСЛОВИЯХ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ

    Авторы:

    Axmedov Muxammad Ismatovich

    Karimova Xalida Maxmudovna

    Sharipov Odiljon Bafoyevich

  • ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРИМЕНЕНИЯ БИОЛОГИЧЕСКОГО ПРЕПАРАТА «ИВАН ОВСИНСКИЙ- ФУЛЬВОГУМАТ» НА ХЛОПЧАТНИКЕ СОРТА «БУХАРА-6» В УСЛОВИЯХ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ

    Недостаток органического вещества в верхнем слое почвы приводит к резкому снижению количества полезных микроорганизмов. В последние годы отмечается, что фузариозный вилт поражает сорта, выращиваемые во всех регионах страны. В опыте, проведённом в Бухарской области, предпосевная обработка семян хлопчатника препаратами Иван Овсинский- фульвогумат и опрыскивание в фазу 2-3-х настоящих листьев и фазу бутонизации оказали определённое положительное влияние на заболеваемость растений фузариозным вилтом. На орошаемых лугово-аллювиальных почвах за счет применения фульвогумата «Иван Овсинский» повысилась устойчивость хлопчатника к различным заболеваниям и улучшились агрохимические свойства почвы, получена дополнительная урожайность 2,3-3,5 ц/га хлопчатника. Рентабельность хозяйства увеличилась с 15,9 % до 21,4 % соответственно. Рекомендуется использовать этот препарат на луговоаллювиальных почвах Бухарского оазиса.

    #стандарт #хлопчатник #фузариоз #биопрепарат #гумат #обработка семян #коробочки #биологизация

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 26106 56

    BUXORO VOHASI SUGʻORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING BIOLOGIK JARAYONLARIGA PREPARATLARNING TA’SIRI

    Авторы:

    Sharipov Odiljon Bafoyevich

    Mamasolieva Malika Adxamovna

    Gafurova Laziza Akramovna

  • BUXORO VOHASI SUGʻORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARINING BIOLOGIK JARAYONLARIGA PREPARATLARNING TA’SIRI

    Bugungi kunda bir qancha rivojlangan davlatlar tuproq-oʻsimlik aloqalarini yaxshilashda kremniy tarkibli preparatlarni qoʻllab, bu orqali yuqori hosildorlikka erishmoqdalar. Tuproqning biologik xossalarini yaxshilash bu, oʻsimlikning immun tizimini yaxshilanishi, stresslarga javob reaksiyalarini hosil boʻlish jarayoni hamda sifati va koʻp hosildorlikka xizmat qiladi. Tuproq mikroorganizmlari bu jarayonda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada sugʻoriladigan oʻtloqi alluvial tuproqlarning biologik xossalarini yaxshilashda kremniy tarkibli preparatlarni taʼsiri oʻrganilgan. Tuproq mikroorganizmlari faoligini mavsumiy oʻzgarishlarida Aminosid-Aton, Aminosid-Silicon, Bioazot preparatlarini taʼsiri oʻrganilgan

    #aktinimesitlar #amminofikatorlar #oligonitrofillar sporalilar #mikroskopik zamburugʻlar #aerob seluloza parchalovchilar

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 26317 42

    KARTOSHKA NAVLARINI YETISHTIRISHDA SIDERATSIYADAN FOYDALANISH

    Авторы:

    Usmanov Nosir Nurmanovich

    Hakimova Mubora Xalilovna

  • KARTOSHKA NAVLARINI YETISHTIRISHDA SIDERATSIYADAN FOYDALANISH

    Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida ilkbor turli siderat ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, yashil massa va urug‘ hosili bo‘yicha baholangan va istiqbolli siderat (raps, moyli turp, gorox, ko‘k xantal, gorox+moyli turp) ekin turlari tanlandi. Toza va aralash ekilgan siderat ekinlarning o‘sishi (o‘simlik bo‘yi 71,6-219,6 sm), rivojlanishi (1 m2 da tup soni 103,4-556,2 dona) va biomassa hosildorligi 26,4-34,6 t/ga tashkil etdi. Tuproq haydov qatlamida makroagregatlar ulushi 13,4-25,9% ga oshganligi, mikroagregatlar esa 24,7-27,6% ga kamaygani, hajm massasi 1,23-1,31 g/sm3 ga kamaygani va suv o‘tkazuvchanligi 71,0-124,7 m3 /ga oshganligi va gumus – 1,19-1,22; nitrat azoti 12,38-33,56, harakatchan fosfor - 31,37-43,25, almashinuvchi kaliy - 311,4-326,2 mg/kg.ga ortganligi, begona o‘tlar miqdori 7,4- 17,5% yoki I va II-balldan oshmaganligi, yomg‘ir chuvalchanglari soni 3,1-6,3 barovarga ortganligi o‘rganildi. Turli kartoshka navlarining rivojlanishi (o‘suv davri 3-10 kunga uzaygan, balandbo‘yli 66,4-80,7; serpoyali 4,1-5,4 yoki 1,0-1,6 donaga ziyod; barg sathili (69,6-71,5 ming m2 ), baquvvat palak (404,4-495,3 gramm), sog‘lom tup va hosilning shakllanishi (tuganak hosili 617,5-887,5 gramm, tuganaklar soni 6,7-11,2 donani, bitta tuganak o‘rtacha vazni 76,2-90,2 gramm), hosildorlik (30,7-34,2 t/ga va shundan tovar hosil 29,6-33,4, aynimagan urug‘bop tuganaklar hosili 21,2-29,2 t/ga, ko‘payish koeffitsiyenti 6,3-8,3 dan ziyod) sifatiga sideratlarning ta’siri asoslandi.

    #biomassa #o‘sish va rivojlanish #o‘suv davri #siderat ekinlar #sideratsiya #kartoshka navlari #barg sathi

  • СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ID: 26318 68

    ARPA NAV VA DURAGAYLARI HAMDA SELEKSIYa IShLARI

    Авторы:

    Sarmanov Sherzod Shermaxmatovich

    Mirzaev Nuriddin Fayzullaevich

    Joraev Xusniddin Madatovich

  • ARPA NAV VA DURAGAYLARI HAMDA SELEKSIYa IShLARI

    Mamlakatimizda yetishtirilgan arpa hosilining 10-15% oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladi, arpa doni tarkibida odam organizmida tez hazm bo‘ladigan karbonsuvlar, har xil aminokislotalar, oqsil va mineral moddalar ko‘p saqlanadi. G‘allachilikda don hosildorligi va sifatini oshirishda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan, birinchi navbatda, yuqori mahsuldor navlardan foydalanish ularni biologik xususiyatlarini o‘rganib, ular bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ijobiy natijalarga erishish mumkin. Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida arpa navlarining istiqbolli navlarini yaratish, tanlash borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 2022-yil hosili uchun jami 27 ta kombinatsiyada 81 ta duragaylar ekib o‘rganilib, shundan 18 ta kombinatsiyada F1 bo‘g‘inida, 9 ta kombinatsiyada F2-F4 bo‘g‘inlarida seleksiya ishlarini olib borilib, duragaylarni kuzatish natijasida ertapisharlik hususiyatiga ega bo‘lgan 5%, o‘rta pishar 68% va 27% o‘rtacha kech pishar duragay avlodlari belgilab olindi hamda seleksiyaning keying bosqichlari uchun 48 ta duragay avlodlari tanlab olindi.

    #don #nav #manba #seleksiya #sifat #kasallik #oqsil #namuna #hosildorlik #аrpa #do‘ragaylar #natura

Тестовой журнал - это издание освещающее происходящие изменения и обновления в области тестовых веб-сайтов

Связаться с нами

  • Узбекистан, г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район Массив Бозсув 2, Дом 17а
  • +998-(93)-388-44-00
  • info@uzsci.uz

© 2024 UzSCI. Все права защищены